Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3189-son)
30.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3189]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi qarorini bajarish maqsadida buyuraman:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, 1 — 10-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat madaniyat muassasalari 2019-yil 1-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib hodimlarning ish haqlarini qayta hisoblab toʻlanishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. SAYFULLAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-sentabr,
591-son
Kelishilgan:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2019-yil 26-sentabr
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2019-yil 26-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Sirk va teatrlarning maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm 2019-yil 1-avgustdan I guruh II guruh III guruh Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar 1. Direktor 2 973 615 2 234 121 2 031 019 2. Direktor oʻrinbosari 2 457 533 2 031 019 1 846 380 3. Bosh buxgalter 2 031 019 1 846 380 1 678 527 4. Tijorat direktori (menejeri), ijodiy jamoa direktori, bosh injener 1 846 380 1 678 527 X 5. Bosh energetik, bosh buxgalter oʻrinbosari, menejer 1 678 527 1 387 213 1 387 213 6. Asosiy boʻlim boshligʻi, kadrlar boʻlimi boshligʻi, bosh administrator 1 525 934 1 387 213 1 387 213 7. Boshqa boʻlim boshliqlari (mudirlari), laboratoriya, uchastka, smena, ustaxona (sex) boshligʻi, muzey mudiri, liboschi, omborxona va bilet byurosi mudiri 1 387 213 1 261 103 1 261 103 Badiiy-rahbar xodimlar 8. Badiiy rahbar 2 973 615 2 234 121 X 9. Bosh: rejissor, dirijyor, baletmeyster, xormeyster, rassom 2 703 286 2 234 121 2 031 019 10. Sahnalashtiruvchi-rejissor, sahnalashtiruvchi-baletmeyster, sahnalashtiruvchi-rassom, dirijyor, raqs jamoasining badiiy rahbari 2 234 121 1 846 380 1 678 527 11. Adabiy-dramatik qism rahbari, muharrir; Badiiy-sahnalashtirish qismi, truppa, musiqiy qismi, adabiy qismi mudiri, badiiy rahbar (bosh rejissor) yordamchisi; Vokal sinfi boʻyicha, balet sinfi boʻyicha konsertmeyster; Rejissyor, ovoz rejissori, chiroq ustasi, baletmeyster, xormeyster, vokal boʻyicha, balet boʻyicha, sirk nomyerlari boʻyicha, nutq texnikasi boʻyicha repetitor, studiya rahbari. 2 031 019 1 678 527 1 525 934 12. Badiiy-ishlab chiqarish ustaxonasi mudiri, manej inspektori 1 846 380 1 678 527 1 387 213 13. Rejissyor yordamchisi, assistent, suflor, ovoz operatori, tashkilotchi-pedagog (tarbiyachi), barcha janrlar rassomlari (bezakchi, qoʻgʻirchoqshunos, chiroq boʻyicha, modelyer), studiya oʻqituvchisi (pedagog), zootexnik, veterinariya vrachi 1 525 934 1 261 103 1 146 457
Izoh: Oʻzbek Milliy akademik drama teatri va Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri maʼmuriy-boshqaruv hamda badiiy-rahbar xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,12 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Teatrlar artist xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm 2019-yil 1-avgustdan Opera va balet teatrlari Musiqiy (operetta) komediya teatrlari Musiqiy drama teatrlari, drama teatrlari, yosh tomoshabinlar teatrlari, qoʻgʻirchoq, satira va yoshlar teatrlari 1. Artist-vokalchi (yakkaxon xonanda), balet artisti: yetakchi sahna ustasi 2 031 019 1 846 380 1 846 380 oliy toifali 1 846 380 1 678 527 1 678 527 birinchi toifali 1 678 527 1 525 934 1 525 934 ikkinchi toifali 1 525 934 1 387 213 1 387 213 toifasiz 1 387 213 1 261 103 1 261 103 stajor 1 391 097 x x 2. Drama artisti: yetakchi sahna ustasi x x 2 031 019 oliy toifali x x 1 846 380 birinchi toifali x x 1 678 527 ikkinchi toifali x x 1 525 934 toifasiz x x 1 387 213 3. Orkestr artisti: oliy toifali (konsertmeyster) 1 846 380 1 846 380 1 678 527 birinchi toifali 1 525 934 1 525 934 1 525 934 ikkinchi toifali 1 387 213 1 387 213 1 387 213 toifasiz 1 261 103 1 261 103 1 261 103 4. Xor artisti: oliy toifali 1 678 527 1 678 527 x birinchi toifali 1 525 934 1 525 934 1 387 213 ikkinchi toifali 1 387 213 1 387 213 1 261 103 toifasiz 1 261 103 1 261 103 1 146 457 5. Yordamchi tarkib artisti 1 261 103 1 261 103 1 146 457
Izoh: 1. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri va Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri badiiy xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,34 koeffitsiyentga, shuningdek mehnatga haq toʻlash boʻyicha I guruhga kiradigan teatrlarda — 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
2. “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi pedagog xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari (soatbay toʻlash shartlarida jalb qilinadigan ishlardan tashqari) oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari uchun bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari mehnatiga haq toʻlash II guruh boʻyicha qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-son buyrugʻiga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Konsert tashkilotlari va saroylari (teatr-konsert saroyi) maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm 2019-yil 1-avgustdan I guruh II guruh III guruh Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar 1. Bosh direktor, direktor 2 234 121 2 031 019 1 846 380 2. Direktor oʻrinbosari, bosh buxgalter 2 031 019 1 846 380 1 678 527 3. Tijorat direktori (menejeri), ijodiy jamoa direktori, bosh muhandis 1 846 380 1 678 527 1 525 934 4. Bosh energetik 1 678 527 1 525 934 1 387 213 5. Asosiy boʻlim boshligʻi, kadrlar boʻlimi boshligʻi, bosh buxgalter oʻrinbosari 1 525 934 1 387 213 1 261 103 6. Boshqa boʻlimlar boshligʻi, laboratoriya, uchastka, smena, ustaxona (sex) boshligʻi, muzey mudiri, libosxona (sex) mudiri, bosh administrator 1 387 213 1 261 103 1 146 457 Badiiy-rahbar xodimlar 7. Badiiy rahbar 2 234 121 2 031 019 1 846 380 8. Bosh: rejissor, dirijyor, baletmeyster, xormeyster, rassom 2 031 019 1 846 380 1 846 380 9. Musiqiy, raqs, konsert jamoasi va alohida ijodiy guruhning badiiy rahbari, shu jumladan sirk 1 846 380 1 678 527 1 525 934 10. Sahnalashtiruvchi-rejissor, sahnalashtiruvchi-baletmeyster, sahnalashtiruvchi-rassom, dirijyor, dirijyor assistenti 1 678 527 1 387 213 1 387 213 11. Adabiy-dramatik qism rahbari, muharrir; Badiiy-sahnalashtirish qismi, truppa, musiqiy qism mudiri, badiiy rahbar (bosh rejissor) yordamchisi, vokal sinfi boʻyicha, balet sinfi boʻyicha konsertmeyster; Rejissyor, ovoz rejissori, baletmeyster, xormeyster, vokal boʻyicha, balet boʻyicha, sirk nomyerlari boʻyicha, nutq texnikasi boʻyicha repetitor, manej inspektori. 1 525 934 1 261 103 1 261 103 12. Badiiy-ishlab chiqarish ustaxonasi mudiri, konsert boshlovchisi 1 387 213 1 146 457 1 146 457 13. Rejissyor yordamchisi, assistent, suflor, ovoz operatori, barcha janrlar rassomlari (bezakchi, chiroq boʻyicha, modelyer), pedagog-repetitor 1 146 457 1 042 234 1 042 234
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-son buyrugʻiga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Konsert tashkilotlari, musiqa va raqs jamoalari, shuningdek sirklardagi artist xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm 2019-yil 1-avgustdan Konsert tashkilotlari, musiqali va raqs jamoalari 1. Simfonik, kamer orkestrlari, xalq cholgʻu asboblari orkestri, xor jamoalar artisti oliy toifali 1 678527 birinchi toifali 1 525934 ikkinchi toifali 1 387213 toifasiz 1 261103 2. Ashula va raqs ansambli, raqs jamoasi, damli, estrada-simfonik orkestri artisti oliy toifali 1 525934 birinchi toifali 1 387213 ikkinchi toifali 1 261103 toifasiz 1 146457 3. Estrada orkestri va ansambli artisti oliy toifali 1 387213 birinchi toifali 1 261103 ikkinchi toifali 1 146457 toifasiz 1 042234 4. Artist-vokalchi, (opera va kamerali) balet artisti (yakkaxon xonanda), artist-laparchi, lektor-musiqachi, cholgʻuchi-yakkaxon xonanda, cholgʻuchilar guruhi oliy toifali 1 678527 birinchi toifali 1 525934 ikkinchi toifali 1 261103 toifasiz 1 146457 5. Balet artisti, musiqali komediya va estrada artist-vokalchisi, nutq janri artisti, kamer-instrumental va vokal ansambli artisti oliy toifali 1 525934 birinchi toifali 1 387213 ikkinchi toifali 1 261103 toifasiz 1 146457 6. Estrada-sport, illyuzion va boshqa original estrada janrlari boʻyicha artist, akkompaniator, konsertmeyster oliy toifali 1 525934 birinchi toifali 1 387213 ikkinchi toifali 1 261103 toifasiz 1 146457 7. Konferansye artisti oliy toifali 1 525934 birinchi toifali 1 387213 ikkinchi toifali 1 261103 toifasiz 1 146457 8. Vokal-instrumental ansambli artisti, artist-konsert boshlovchisi, estrada-cholgʻulari ansambli artisti oliy toifali 1 525934 birinchi toifali 1 387213 ikkinchi toifali 1 261103 toifasiz 1 146457 9. Yordamchi tarkib artisti 1 042234 10. Ansambl va musiqali ansambllar birlashmasi artisti oliy toifali 1 261103 birinchi toifali 1 146457 ikkinchi toifali 1 042234 toifasiz 1 146457 11. Artist-maqomchi, hofiz, dostonchi oliy toifali 1 678527 birinchi toifali 1 525934 ikkinchi toifali 1 387213 toifasiz 1 261103 Sirklar 1. Barcha janrlar artisti (tomosha boshlovchisi) yetakchi sahna ustasi 2 457533 oliy toifali 2234120 birinchi toifali 2031019 ikkinchi toifali 1 846380 toifasiz 1 678527 stajer 1 525934 2. Xayvonlarni oʻrgatuvchi artist* yetakchi sahna ustasi 2 457533 oliy toifali 2234120 birinchi toifali 2031019 ikkinchi toifali 1 846380 toifasiz 1 678527 stajyor 1 525934 3. Orkestr artisti oliy toifali 2031019 birinchi toifali 1 846380 ikkinchi toifali 1 678527 toifasiz 1 525934
* Yirtqich xayvonlarni oʻrgatuvchi artistlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,05 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Izoh: Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansamblining badiiy xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-son buyrugʻiga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Xayvonot bogʻida ishlovchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm 2019-yil 1-avgustdan Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar 1. Direktor 2 234 121 2. Direktor oʻrinbosari 2 031 019 3. Bosh buxgalter, kadrlar boʻlimi boshligʻi, veterinariya klinikasi mudiri, bosh zootexnik, boʻlim mudiri (boshligʻi), bosh zooinjener 1 846 380 4. Bosh energetik 1 678 527 Ilmiy-ijodiy xodimlar 5. Bosh ilmiy xodim 2 031 019 6. Ilmiy xodim 1 846 380 7. Ekskursiya yetakchisi 1 846 380 8. Kichik ilmiy xodim 1 678 527 Boshqa xodimlar 9. Etakchi veterinariya vrachi 1 846 380 10. Veterinariya vrachi, hayvonot bogʻining kolleksiyasini butlash va xisobini yuritish boʻyicha mutaxassis 1 678 527 11. Bioximik-vrach, toksikolog-vrach, bakteriolog-vrach, apteka mudiri 1 678 527 12. Bosh zootexnik 1 846 380 13. Chipta kassasi mudiri, ozuqa oshxonasi (hayvonlar uchun) mudiri, zootexnik 1 525 934 14. Veterinariya feldsheri, laborant 1 387 213 15. Chiptalar nazoratchisi 1 387 213
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-son buyrugʻiga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalari, uy muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlardagi maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm 2019-yil 1-avgustdan I guruh II guruh III guruh IV guruh 1. Bosh direktor, direktor 2 703 286 2 366 904 2 031 019 1 846 380 2. Bosh fondlar saqlovchisi, direktor oʻrinbosarlari, bosh muhandis 2 457 533 2 234 121 1 846 380 1 678 527 3. Bosh: buxgalter, energetik 2 030 227 1 846 380 1 525 934 1 387 213 4. Filial, boʻlim, kutubxona, sektor, taʼmirlash ustaxonasi mudiri, ilmiy kotib 2 234 121 2 030 227 1 678 527 1 525 934
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-son buyrugʻiga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalari, uy muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlar ijodiy xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm 2019-yil 1-avgustdan 1. Taʼmirchi-rassom oliy toifali 2 031 019 birinchi toifali 1 846 380 ikkinchi toifali 1 678 527 uchinchi toifali 1 525 934 2. Etakchi ilmiy xodim 2 031 019 3. Katta ilmiy xodim 1 846 380 4. Ilmiy xodim 1 678 527 5. Kichik ilmiy xodim, taksidermist 1 525 934 6. Bosh: mutaxassis, bibliograf, uslubchi, rassom, arxivchi, kutubxonachi, fotograf 1 846 380 7. Etakchi: mutaxassis, bibliograf, uslubchi, rassom, arxivchi, kutubxonachi, fotograf 1 678 527 8. Mutaxassis, bibliograf, uslubchi, ekskursiya yetakchisi, lektor, gid-tajimon, rassom, arxivchi, kutubxonachi, fotograf birinchi toifali 1 525 934 ikkinchi toifali oliy maʼlumotli 1 525 934 ikkinchi toifali oʻrta maxsus maʼlumotli 1 387 213 9. Fondlar saqlovchisi 1 525 934 10. Muzey kuzatuvchisi 1 261 103 11. Katta administrator 1 146 457 12. Eksponatlar saqlovchisi 1 042 234
Izoh: Ijodiy xodimlar va mutaxassislarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari muzeyi, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasi, Buxoro davlat birlashgan badiiy-meʼmoriy va muzey-qoʻriqxonasi, Xorazm viloyati Xiva “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi, I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi, Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi tasarrufidagi muzeylarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi;
viloyatlardagi tarix va madaniyat davlat muzeylarida bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-son buyrugʻiga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniy-maʼrifiy tashkilotlarning maʼmuriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm 2019-yil 1-avgustdan I gruppa II gruppa III gruppa IV gruppa 1. Direktor 2 031 019 1 846 380 1 678 527 1 525 934 2. Direktor oʻrinbosari, bosh fondlar saqlovchisi 1 846 380 1 678 527 1 525 934 1 387 213 3. Boʻlim, filial, taʼmirlash ustaxonasi, sektor mudiri (boshligʻi), ilmiy kotib, bosh buxgalter 1 678 527 1 525 934 1 387 213 1 261 103
Izoh: 1. Madaniy-maʼrifiy muassasalarga quyidagilar kiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurilagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, koʻrgazmalar, rasm fotogalereyalari, kutubxonalar (axborot-resurs markazlari, shu jumladan koʻzi ojizlar uchun, axborot-kutubxona markazlari).
2. Bosh buxgalter oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari bosh buxgalterning bazaviy lavozim maoshlari miqdoridan 5 foizga kam belgilanadi.
3. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari I guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan — 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi, Respublika yigʻma elektron katalogi markazining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari esa I guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari boʻlim mudirlari (boshliqlari)ning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari II guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-son buyrugʻiga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniy-maʼrifiy tashkilotlarining ijodiy va boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm 2019-yil 1-avgustdan Ijodiy xodimlar 1. Taʼmirchi-rassom (rangtasvir va amaliy sanʼat boʻyicha): oliy toifali 1 678 527 birinchi toifali 1 525 934 ikkinchi toifali 1 387 213 uchinchi toifali 1 261 103 2. Etakchi ilmiy xodim 1 678 527 3. Katta ilmiy xodim 1 525 934 4. Ilmiy xodimlar 1 387 213 5. Kichik ilmiy xodim 1 261 103 6. Bosh mutaxassis, kutubxonachi, bibliograf va boshqa asosiy ish faoliyati boʻyicha bosh mutaxassislar 1 525 934 7. Etakchi: mutaxassis, kutubxonachi, bibliograf, paleograf, uslubchi, rassom, sanʼatshunos 1 387 213 8. Mutaxassis, kutubxonachi, bibliograf, paleograf, arxivchi, arxeograf, uslubchi, gid-tarjimon, rassom, lektor, muharrir, sanʼatshunos, madaniy-maʼrifiy tashkilotning instruktori: birinchi toifali 1 261 103 ikkinchi toifali oliy maʼlumotli 1 146 457 ikkinchi toifali oʻrta maxsus maʼlumotli 1 042 234 Boshqa xodimlar 9. Katta: usta, nazoratchi usta, menejer-tashkilotchi 1 261 103 10. Usta, nazoratchi usta 1 146 457 11. Katta administrator 1 146 457 12. Chipta kassasi, liboslar mudiri, administrator, fotograf 1 042 234 13. Bilet nazoratchisi, saqlash xonasi mudiri, muzey kuzatuvchisi, koʻrgazma zali kuzatuvchisi 1 042 234
Izoh: 1. Madaniy-maʼrifiy muassasalarga quyidagilar kiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, koʻrgazmalar, rasm va fotogalereyalari, kutubxonalar (axborot-resurs markazlari, shu jumladan koʻzi ojizlar uchun, axborot-kutubxona markazlari).
2. Ijodiy xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazida — 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Respublika markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi, Xalq taʼlimi vazirligining Respublika bolalar kutubxonasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining davlat ilmiy-tibbiyot kutubxonasi, Fanlar akademiyasining fundamental kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Respublika yigʻma elektron katalogi markazi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri axborot-kutubxona markazlariga — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-son buyrugʻiga 10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniyat markazlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm 2019-yil 1-avgustdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat markazlari Tumanlar (shaharlar) markaziy madaniyat markazlari Qishloq va shaharcha madaniyat markazlari 1. Direktor, filial mudiri 1 525 933 x 1 387 213 2. Badiiy rahbar 1 387 213 1 261 103 x 3. Toʻgarak, jamoa va studiya rahbari, qoʻshiqchilar, musiqachilar * 1 042 234 1 042 234 1 042 234 4. Rejissyor, baletmeyster, xormeyster, artist, studiya dirijyori, “Narodniy” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega badiiy havoskorlik jamoalarining musiqa va badiiy rahbarlari 1 261 103 1 261 103 1 146 457 5. Mutaxassislar: ijodiy toʻgaraklar va havaskorlik jamoalari faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha, yoshlar bilan madaniy-maʼrifiy ishlar masalalari boʻyicha, sahnalashtiruvchi-rassom, xoreograf 1 261 103 1 261 103 1 261 103 6. Akkompaniator, liboschi, administrator, kutubxonachi, ovoz rejissori, operator 1 042 234 1 042 234 1 042 234
* Yuqorida koʻrsatilgan oliy maʼlumotli lavozimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Izoh: yuqorida koʻrsatilgan lavozimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari madaniyat markazlari huzuridagi xalq teatrlari va havaskorlik jamoalariga nisbatan tatbiq etiladi.
