6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari
Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-576-son) · Sana: 29.10.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshiradi;
ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantiradi;
ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim, axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari, ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi va ularning ijrosini nazorat qiladi, ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi loyihalar tanlovini oʻtkazadi va ularni moliyalashtiradi;
ilmiy loyihalar boʻyicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi, davlat roʻyxatini yuritadi, bajarilishini monitoring qiladi va ular yuzasidan hisobotlar qabul qiladi;
Noyob ilmiy obyektlar roʻyxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
oʻzaro manfaatli xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga chet el investitsiyalarini jalb qilishga koʻmaklashadi;
ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtiradi.
