12-modda. Ilmiy faoliyat
Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-576-son) · Sana: 29.10.2019 · Amalda
Ilmiy faoliyat obyektlar, hodisa (jarayonlar)ning xususiyatlari, oʻziga xosliklari va qonuniyatlarini aniqlash maqsadida borliqni oʻrganish va olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllashga yoʻnaltirilgan faoliyat hisoblanib, fundamental va amaliy tadqiqotlardan iboratdir.
Fundamental tadqiqotlar tabiat, jamiyat va insonning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishiga oid asosiy qonuniyatlar haqida yangi bilimlar olish, ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik, shuningdek muayyan faoliyat natijasida yaratilgan obyektlarni oʻrganishga yoʻnaltirilgan nazariy va (yoki) tajribaga yoʻnaltirilgan faoliyat hisoblanadi.
Amaliy tadqiqotlar amaliy maqsadlarga erishish va aniq vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlar va fundamental tadqiqotlar natijalarini qoʻllashga yoʻnaltirilgan faoliyat hisoblanadi.
