Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4498-son)
24.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
2018-2019-yillar mobaynida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, hunarmandchilik, kasanachilik va tadbirkorlik faoliyatining boshqa sohalarida bandligini taʼminlash orqali ularning qoʻshimcha va barqaror daromad manbalari shakllanishiga shart-sharoitlar yaratish borasida dasturiy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida aholining, ayniqsa chekka hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning maʼlum bir miqdorda iqtisodiy holati yaxshilanishiga koʻmak boʻldi.
Shu bilan birga, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslari boʻyicha dasturlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat ishtirokidagi tijorat banklarining ish uslublarini tubdan yaxshilash va bank xizmatlarining ommabopligini oshirish orqali aholining keng qatlamlari, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik subyektlari bilan toʻlaqonli sherikchilik munosabatlarini oʻrnatish talab etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5780-son Farmonida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish hamda kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi dasturlarda davlat resurslaridan oqilona foydalanish, ularning maqsadliligini taʼminlash va samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5242-son, 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son va 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5466-son farmonlari, 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son, 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3777-son, 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3856-son va 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4231-son qarorlari bilan respublikada kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining oʻzini oʻzi band qilishni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari (keyingi oʻrinlarda — Dasturlar) amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada ustuvor ravishda AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB (keyingi oʻrinlarda — vakolatli banklar) orqali amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarmalar) va boshqa jamgʻarmalar hisobidan kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslariga vakolatli banklar tomonidan ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berishga ruxsat etiladi;
Dasturlarni moliyalashtirish uchun resurslar ajratadigan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Jamgʻarmalar resurslarining 2020 — 2022-yillarda soʻndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga Dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi, bunda resurslar boʻyicha foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada belgilanadi.
3. Quyidagilar:
Dasturlar doirasidagi loyihalarni 2020-yilda markazlashgan resurslar hisobidan moliyalashtirishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga;
2020-yilda vakolatli banklar tomonidan Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning maqsadli parametrlari 2, 2a, 2b, 2v-ilovalarga;
Davlat dasturlari doirasida ajratilgan kredit liniyalarni 2020 — 2022-yillarda qaytarish prognozi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. Vakolatli banklar kuzatuv kengashlari ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
barcha hududlarda “bank xizmatlari ofislari”ning keng tarmogʻini yaratish, bunda zarur hollarda, mavjud filiallar tarmogʻi tuzilmasini qayta koʻrib chiqish;
axborot texnologiyalarini qoʻllash orqali yangi bank xizmatlari hamda “modulli” kreditlash asosida yangi kredit turlarini faol joriy qilish;
kichik biznes va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi dolzarb moliyaviy muammolarni hal qilish qismi boʻyicha hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari bilan hamkorlik qilish;
banklar Kengashlari tarkibiga banklarning boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan axborot va takliflarni amaliy bahs va munozara qilishga qodir mustaqil aʼzolarni saylash orqali korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilish va samaradorligini oshirish;
korrupsiyani bartaraf etishga qaratilgan manfaatlar toʻqnashuvining oldini oluvchi va tartibga soluvchi siyosatni amalga oshirish, tijorat banklarining boshqaruv aʼzolari va xodimlari tomonidan rioya etilishi majburiy boʻlgan axloqiy qoidalarni takomillashtirish;
bank ichki monitoring tizimini joriy qilish orqali banklarning “mijozga yoʻnaltirilganlik” ish uslubini yanada kuchaytirish, mijozlarga xizmat koʻrsatishda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf qilish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2019-yil 1-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5466-son Farmoni doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun AT Xalq banki ustav kapitalini 250 milliard soʻmga, “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitalini 170 milliard soʻmga va “Agrobank” ATB ustav kapitalini 290 milliard soʻmga oshirish uchun mablagʻlar ajratsin.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda ajratilgan resurslar doirasida vakolatli banklar moliyalashtiradigan yoshlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar roʻyxatini shakllantirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda har bir tuman kesimida Dasturlar doirasida ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi va kreditning qaytarilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-oktabr,
PQ-4498-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga 1-ILOVA
Dasturlar doirasidagi loyihalarni 2020-yilda markazlashgan resurslar hisobidan moliyalashtirishning
maqsadli parametrlari
mlrd soʻm T/r Ijtimoiy dasturlar nomlanishi 2020-yilda yoʻnaltiriladigan mablagʻlar shu jumladan: avval berilgan kreditlarning soʻndirilishi hisobidan Davlat budjeti hisobidan Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan JAMI: 3 982,1 2 940,8 971,3* 470,0 1. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi 2 418,0 2 418,0 2. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi 75,4 75,4 3. Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi 589,3 119,3 470 (50 mln doll.) 4. Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamgʻarmalarning dasturlari 26,1 26,1 5. Bandlikka koʻmaklashish dasturi 313,6 38,1 375,5 6. Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash dasturi 161,2 72,4 188,8 7. “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi 398,5 191,5 407,0
* Ushbu mablagʻlarning 41% teng qismi tegishli Jamgʻarmalarning ustavida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga 2-ILOVA
2020-yilda AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB tomonidan Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning
maqsadli parametrlari
mlrd soʻm T/r Hudud nomi Jami shu jumladan: “Har bir oila — tadbirkor” dasturi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi Hunarmand chilikni rivojlan tirish dasturi Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamgʻarmalarning dasturlari Bandlikka koʻmaklashish dasturi Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash dasturi “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi JAMI: 3 982,1 2 418,0 75,4 589,3 26,1 313,6 161,2 398,5 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 437,3 291,6 8,2 34,5 0,2 18,4 9,4 75,0 2. Andijon viloyati 352,6 212,0 4,7 55,3 3,7 29,4 15,1 32,3 3. Buxoro viloyati 217,8 129,8 4,5 33,9 2,5 18,0 9,3 19,7 4. Jizzax viloyati 186,4 110,5 6,3 28,9 0,7 15,4 7,9 16,8 5. Qashqadaryo viloyati 364,3 214,2 10,3 55,8 6,4 29,7 15,3 32,6 6. Navoiy viloyati 190,1 113,2 3,8 29,6 2,5 15,7 8,1 17,2 7. Namangan viloyati 349,6 210,2 5,5 54,8 2,9 29,2 15,0 32,0 8. Samarqand viloyati 406,7 244,3 8,4 63,7 1,8 33,9 17,4 37,2 9. Surxondaryo viloyati 276,0 166,0 5,6 43,3 0,8 23,0 11,8 25,3 10. Sirdaryo viloyati 149,9 90,0 3,0 23,6 0,6 12,5 6,4 13,6 11. Toshkent viloyati 323,2 197,2 2,7 51,4 0,5 27,4 14,1 30,0 12. Fargʻona viloyati 400,0 241,8 6,3 63,0 1,4 33,5 17,2 36,8 13. Xorazm viloyati 200,3 118,5 6,0 31,0 1,9 16,5 8,5 18,0 14. Toshkent shahri 128,0 78,6 20,6 0,2 11,0 5,6 11,9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga 2a-ILOVA
2020-yilda AT Xalq banki tomonidan Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning
maqsadli parametri
mlrd soʻm T/r Hudud nomi Jami shu jumladan: “Har bir oila — tadbirkor” dasturi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi Hunarmand chilikni rivojlan tirish dasturi Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamgʻarmalarning dasturlari Bandlikka koʻmaklashish dasturi Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash dasturi “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi JAMI: 1 352,8 967,2 30,2 235,7 10,4 65,4 4,5 39,4 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 132,4 106,6 5,4 13,8 0,2 3,8 0,3 2,3 2. Andijon viloyati 120,3 85,8 2,2 22,1 6,1 0,4 3,7 3. Buxoro viloyati 75,8 52,6 1,9 13,6 1,6 3,8 0,3 2,3 4. Jizzax viloyati 65,0 44,7 2,8 11,6 0,5 3,2 0,2 1,9 5. Qashqadaryo viloyati 127,0 86,7 3,7 22,3 4,0 6,2 0,4 3,7 6. Navoiy viloyati 65,7 45,8 0,7 11,8 1,8 3,3 0,2 2,0 7. Namangan viloyati 118,6 85,1 1,4 21,9 6,1 0,4 3,7 8. Samarqand viloyati 139,7 98,9 2,8 25,5 0,7 7,1 0,5 4,3 9. Surxondaryo viloyati 94,8 67,2 1,8 17,3 0,4 4,8 0,3 2,9 10. Sirdaryo viloyati 51,7 36,5 1,3 9,4 0,2 2,6 0,2 1,6 11. Toshkent viloyati 111,5 79,8 1,2 20,6 0,4 5,7 0,4 3,4 12. Fargʻona viloyati 138,2 97,8 3,5 25,2 7,0 0,5 4,2 13. Xorazm viloyati 68,2 48,0 1,5 12,4 0,6 3,4 0,2 2,1 14. Toshkent shahri 43,9 31,8 8,2 2,3 0,2 1,4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga 2b-ILOVA
2020-yilda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning
maqsadli parametri
mlrd soʻm T/r Hudud nomi Jami shu jumladan: “Har bir oila — tadbirkor” dasturi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi Hunarmand chilikni rivojlan tirish dasturi Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamgʻarmalarning dasturlari Bandlikka koʻmaklashish dasturi Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash dasturi “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi JAMI: 876,4 483,6 15,1 117,9 5,2 82,7 52,2 119,7 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 127,9 78,3 2,0 6,9 4,8 3,1 32,8 2. Andijon viloyati 73,2 40,4 0,4 11,1 7,8 4,9 8,7 3. Buxoro viloyati 45,8 24,7 0,8 6,8 0,4 4,8 3,0 5,3 4. Jizzax viloyati 39,1 21,0 1,2 5,8 4,1 2,6 4,5 5. Qashqadaryo viloyati 78,2 40,8 3,4 11,2 1,2 7,8 4,9 8,8 6. Navoiy viloyati 40,2 21,5 0,8 5,9 0,5 4,2 2,6 4,6 7. Namangan viloyati 75,1 40,1 0,9 11,0 2,0 7,7 4,9 8,6 8. Samarqand viloyati 85,7 46,6 1,6 12,7 0,2 8,9 5,6 10,0 9. Surxondaryo viloyati 57,8 31,6 0,6 8,7 0,2 6,1 3,8 6,8 10. Sirdaryo viloyati 31,9 17,1 1,1 4,7 3,3 2,1 3,6 11. Toshkent viloyati 68,3 37,6 0,6 10,3 7,2 4,6 8,1 12. Fargʻona viloyati 83,9 46,1 0,8 12,6 8,8 5,6 9,9 13. Xorazm viloyati 42,3 22,6 0,9 6,2 0,7 4,3 2,7 4,8 14. Toshkent shahri 26,9 14,9 4,1 2,9 1,8 3,2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga 2v-ILOVA
2020-yilda “Agrobank” ATB tomonidan Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning
maqsadli parametri
mlrd soʻm T/r Hudud nomi Jami shu jumladan: “Har bir oila — tadbirkor” dasturi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi Hunarmand chilikni rivojlan tirish dasturi Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamgʻarmalarning dasturlari Bandlikka koʻmaklashish dasturi Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash dasturi “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi JAMI: 1 752,8 967,2 30,2 235,7 10,4 165,4 104,5 239,4 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 176,9 106,6 0,8 13,8 9,7 6,1 39,9 2. Andijon viloyati 159,0 85,8 2,2 22,1 3,7 15,5 9,8 19,9 3. Buxoro viloyati 96,2 52,6 1,9 13,6 0,5 9,5 6,0 12,2 4. Jizzax viloyati 82,3 44,7 2,3 11,6 0,1 8,1 5,1 10,3 5. Qashqadaryo viloyati 159,1 86,7 3,2 22,3 1,2 15,7 9,9 20,1 6. Navoiy viloyati 84,2 45,8 2,3 11,8 0,1 8,3 5,2 10,6 7. Namangan viloyati 155,9 85,1 3,1 21,9 0,9 15,4 9,7 19,7 8. Samarqand viloyati 181,4 98,9 4,0 25,5 0,9 17,9 11,3 23,0 9. Surxondaryo viloyati 123,4 67,2 3,3 17,3 0,2 12,2 7,7 15,6 10. Sirdaryo viloyati 66,2 36,5 0,7 9,4 0,4 6,6 4,2 8,4 11. Toshkent viloyati 143,5 79,8 0,9 20,6 0,1 14,4 9,1 18,5 12. Fargʻona viloyati 177,9 97,8 1,9 25,2 1,4 17,7 11,2 22,7 13. Xorazm viloyati 89,8 48,0 3,6 12,4 0,5 8,7 5,5 11,1 14. Toshkent shahri 57,1 31,8 8,2 0,2 5,8 3,7 7,4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat dasturlari doirasida ajratilgan kredit liniyalarni 2020 — 2022-yillarda qaytarish
prognozi
mlrd soʻm T/r Tijorat banki nomlanishi Jami 2020-yilda qaytadigan resurs shu jumladan: 2021-yilda qaytadigan resurs 2022-yilda qaytadigan resurs I chorakda II chorakda III chorakda IV chorakda JAMI: 2 248,7* 1 019,3 249,2 258,3 259,2 252,5 748,4 481,1 1. Milliy bank 507,8 282,9 67,3 70,6 73,4 71,7 93,7 131,2 2. Asaka bank 217,5 95,7 21,4 25,0 24,9 24,5 89,2 32,5 3. Oʻzsanoatqurilishbank 206,3 96,1 24,6 25,1 24,0 22,4 81,1 29,1 4. Ipoteka bank 283,7 118,4 29,6 30,0 29,7 29,0 103,8 61,5 5. Qishloq qurilish bank 372,7 147,2 36,1 37,5 36,7 36,9 143,5 82,0 6. Aloqa bank 12,2 6,8 1,9 1,7 1,6 1,6 5,3 0,1 7. Turon bank 18,9 9,6 2,4 2,4 2,4 2,4 8,9 0,4 8. Hamkorbank 214,3 89,8 22,3 22,4 22,7 22,4 77,4 47,2 9. Ipak yoʻli banki 103,1 36,0 9,1 8,7 9,1 9,0 40,1 27,1 10. Trast bank 77,0 20,4 4,5 5,5 5,5 4,9 32,1 24,5 11. Kapitalbank 55,1 23,28 5,8 6,00 6,06 5,41 18,80 13,02 12. Aziya alyans bank 42,7 20,6 5,4 5,4 5,3 4,6 16,5 5,5 13. Infin bank 73,5 35,9 8,7 9,1 9,1 9,0 16,3 21,4 14. Universal bank 19,1 8,6 2,1 2,2 2,2 2,2 7,7 2,8 15. Oriyent Finans bank 4,2 2,2 0,6 0,6 0,6 0,5 1,5 0,5 16. Madad Invest bank 6,1 3,8 0,9 0,9 0,9 0,9 1,8 0,6 17. Savdogar bank 20,5 13,1 4,3 2,9 2,9 3,0 7,1 0,4 18. Davr-bank 13,9 8,8 2,2 2,3 2,3 2,1 3,5 1,6
* Resurslarni qaytarish oyma-oy amalga oshiriladi, belgilangan parametrlardan ziyod qaytarish ruxsat etiladi.
