Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (888-son)
21.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlash, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻida yoshlarda bilimlar axborot makonini shakllantirish, dunyoqarashni kengaytirish va ijodiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan maʼrifiy va foydali veb-resurslarni yaratishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019 — 2021-yillarda Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
birinchi — milliy veb-resurslar soni oʻsishi, shuningdek, ularni Internet jahon axborot tarmogʻida ilgari surish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
ikkinchi — davlat axborot veb-resurslarini, shu jumladan, rasmiy veb-saytlarni rivojlantirish, Internet jahon axborot tarmogʻida davlat tuzilmalari faoliyatiga doir matnli, foto-, audiovizual materiallar bankini tashkil qilish va yuritish, davlat ommaviy axborot vositalarining ommaviy ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi ishtirokini kengaytirish;
uchinchi — maktabgacha taʼlim, oʻrta va oliy taʼlim tizimlari uchun elektron taʼlim resurslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, mahalliy va jahon taʼlim resurslariga kirish imkoniyatini taʼminlash;
toʻrtinchi — Internet jahon axborot tarmogʻida foydalanuvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga koʻmaklashadigan zamonaviy veb-resurslarni shakllantirish, shuningdek, axborot makonida Oʻzbekistonning tarixi, fani, madaniyati va sanʼatini targʻib qilishni qoʻllab-quvvatlash;
beshinchi — axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslariga, mamlakat arxiv va muzeylariga masofadan kirishi imkoniyatini, ishlarning samarali tashkil etilishini va ularga Internet jahon axborot tarmogʻida xizmat koʻrsatilishini taʼminlash;
oltinchi — Internet jahon axborot tarmogʻining global va milliy segmenti rivojlanishi tendensiyalarini muntazam oʻrganib borish, Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
2. Dasturning sifatli amalga oshirilishi hamda uning tegishli bandlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun shaxsiy masʼuliyat vazirliklar va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlar rahbarlariga yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda:
Dastur ijrosi monitoringi olib borilishini belgilangan tartibda taʼminlasin;
monitoring natijalari boʻyicha har choraklik asosida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-oktabr,
888-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 888-son qaroriga ILOVA
2019 — 2021-yillarda Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni yanada rivojlantirish boʻyicha
KOMPLEKS DASTUR
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddatlari Masʼul ijrochilar I. Milliy veb-resurslar soni oʻsishi, shuningdek, ularni Internet jahon axborot tarmogʻida ilgari surish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish 1. Davlat va jamiyat qurilishi, siyosatshunoslik, ijtimoiy menejment, PR-menejment va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining malakasini oshirish uchun milliy oliy taʼlim muassasalarining masofaviy oʻquv resurslarini yaratish. 1. Tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2020-yil 1-yanvar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti 2. Tadbirlar rejasini amalga oshirish. belgilangan muddatlarda 2. Elektron axborot taʼlim veb-resurslarini yaratish va ularga Internet jahon axborot tarmogʻi orqali ommaviy kirish imkoniyatini taqdim qilish. 1. Elektron taʼlim veb-resurslarini yaratish uchun fanlar roʻyhatini shakllantirish. 2020-yil 1-aprel Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2. Fanlar boʻyicha elektron oʻquv veb-resurslarini ishlab chiqish va onlayn-platformaga joylashtirish. 2020-yil 1-iyun 3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha mustaqil ravishda oʻquv kursidan oʻtish imkoniyatini beruvchi veb-portalni yaratish. 1. Veb-portal konsepsiyasini va texnik topshirigʻini ishlab chiqish. 2020-yil 1-fevral Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 2. Veb-portalni ishga tushirish. 2020-yil 1-aprel 4. Umumtaʼlim muassasalarida “Informatika” oʻquv fani dasturi va oʻqitish metodologiyasini ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqish. 1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida pedagoglar, ekspertlardan iborat ishchi guruh tuzish. 2019-yil 1-dekabr Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 2. “Informatika” fanini oʻqitish standartlarini qayta koʻrib chiqish. 2020-yil 1-mart 5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qoshidagi “Kompyuterlashtirish markazi” DUKlar ishini takomillashtirish. Ushbu markazlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan butlash. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar rejasini tasdiqlash. 2019-yil 1-dekabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,manfaatdor vazirliklar va idoralar 6. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ularning veb-resurslarini ilgʻor xorijiy qidiruv tizimlarida ommalashtirishda tashkiliy-texnik va metodik-metodologik koʻmaklashish. Chora-tadbirlar kompleks rejasini ishlab chiqish. 2019-yil 20-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 7. Oʻzbekiston Milliy kino fondi veb-saytini yaratish. Milliy filmlar veb-portalini yaratish va uni Internet jahon axborot tarmogʻida ommalashtirish. 1. Veb-sayt uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish. 2020-yil 1-yanvar “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 2. Veb-sayt kontentini shakllantirish. 2020-yil 1-mart 3. Internet jahon axborot tarmogʻida milliy filmlarni ilgari surish. 2020-yil 1-iyul II. Davlat axborot veb-resurslarini, shu jumladan, rasmiy veb-saytlarni rivojlantirish, Internet jahon axborot tarmogʻida davlat tuzilmalari faoliyatiga doir matnli, foto-, audiovizual materiallar bankini tashkil qilish va yuritish, davlat ommaviy axborot vositalarining ommaviy ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi ishtirokini kengaytirish 8. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, davlatning ichki va tashqi siyosatini yoritish, axborot olish imkoniyatini taʼminlashda axborot xizmatlari faolligini va samaradorligini oshirish. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz veb-saytlarini, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi veb-sahifalarini ishlab chiqish hamda ularni oʻz vaqtida yangilab borish boʻyicha tashkiliy choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi. doimiy Vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi A�borot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 9. Davlat organlari va yirik jamoat tashkilotlari rasmiy veb-saytlari ishi tashkil qilinishini veb-saytlarni axborot bilan toʻldirish, kontentni yangilash doimiyligi, saytga tashrif buyuruvchilar bilan onlayn rejimda muloqot qilishning texnik imkoniyatlari mavjudligi yuzasidan kompleks tahlil qilish. Rasmiy veb-saytlar ishini jadallashtirish boʻyicha dolzarb takliflar tayyorlash. “Davlat organlari va yirik jamoat tashkilotlari rasmiy veb-resurslarining holati va ularni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida tahliliy hisobot tayyorlash. 2020-yil 1-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 10. Hududlarning pasportlarini, shu jumladan, axborot-grafik koʻrinishda tayyorlash va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi veb-resurslarida joylashtirish. Investitsiya salohiyati va eksport statistikasi boʻyicha maʼlumotlar joylashtirilgan hududlar pasportlarini takomillashtirish. 2020-yil 1-mart Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 11. Tradeuzbekistan.com veb-saytini takomillashtirish va targʻib qilish. Savdo maydanchasi veb-saytini taqdim qilingan mahsulotlar roʻyhatini kengaytirish orqali yanada takomillashtirish. 2020-yil 1-mart Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 12. Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻida axborotni yoritish orqali aholi oʻrtasida xalq taʼlimi faoliyati sohasiga taalluqli media-resursla�ni targʻib qilish. 1. Tegishli media-resurslarni yaratish. 2020-yil 1-yanvar Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2. Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha media-reja tayyorlash. 2020-yil 1-fevral 13. Davlat organlari va yirik jamoat tashkilotlari rasmiy veb-saytlari oʻrtasida davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini eng zoʻr va faol yoritish boʻyicha respublika tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. 2020-yil 1-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi 14. Mobil messenjerlarda hududiy jurnallar va gazetalarning axborot kanallarini yaratish va ularni maʼlumot bilan toʻldirish. 1. Mobil messenjerlarda axborot kannallarini yaratish. 2. Ularni dolzarb maʼlumot bilan muntazam toʻldirib borish. 2020-yil 1-yanvar Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi III. Maktabgacha taʼlim, oʻrta va oliy taʼlim tizimlari uchun elektron taʼlim resurslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, mahalliy va jahon taʼlim resurslariga kirish imkoniyatini taʼminlash 15. Ilm-fan va taʼlim sohasida plagiatga qarshi kurashish maqsadida referatlar, maqolalar, dissertatsiyalarning maʼlumotlar bankini tashkil qilish. Ilm-fan va taʼlim maʼlumotlarining yagona axborot resursini yaratish. 2020-yil 1-iyul Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi 16. Interaktiv materiallar va dasturlar bilan toʻldirish orqali “Elektron akademiya” (www.e-academy.uz) veb-portalini rivojlantirish hamda uni ommalashtirishga koʻmaklashish. Tadbirlar dasturini taqdiqlash va amalga oshirish. 2020-yil 1-iyul Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 17. “Vikipediya” internet ensiklopediyasiga Oʻzbekistonning mashhur sportchilari va sport tashkilotlari faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish. 1. Tegishli maʼlumotlar bazasini yaratish. 2019-yil 1-dekabr Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2. “Vikipediya” internet ensiklopediyasiga maʼlumotlarni joylashtirish. 2020-yil 1-mart 18. “Sport bolalar nigohida” multimedia veb-portalini yaratish. 1. Veb-portal kontentini toʻldirish maqsadida barcha sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda audio va videomateriallarni toʻplash. 2020-yil 1-yanvar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2. Veb-portalni yaratish boʻyicha tashkiliy-texnik choralar koʻrish. 2020-yil 1-aprel 3. Materiallarni joylashtirish. doimiy 19. Internet jahon axborot tarmogʻining UZ domenida foydali taʼlimiy-maʼrifiy va mavzuli veb-r�surslarni yaratuvchi mualliflar va dasturchilarni ragʻbatlantirish maqsadida bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan internet-loyihalar respublika tanlovini oʻtkazish. 1. Tanlovni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish. 2020-yil 1-mart Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish. har yili IV. Internet jahon axborot tarmogʻida foydalanuvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga koʻmaklashadigan zamonaviy veb-resurslarni shakllantirish, shuningdek, axborot makonida Oʻzbekistonning tarixi, fani, madaniyati va sanʼatini targʻib qilishni qoʻllab-quvvatlash 20. Ilmiy tadqiqotlarni dolzarb axborot-bibliografik maʼlumotlar bilan tezkor taʼminlash maqsadida, shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ilmiy jurnallarning natijadorligi va samaradorligini baholashni amalga oshirish maqsadida respublikada chop etiluvchi ilmiy jurnallar matnlarini oʻzida jamlagan veb-portal yaratish. 1. Veb-portalni yaratish boʻyicha ishchi guruhni tuzish va faoliyatini tashkil qilish. 2019-yil 1-dekabr Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2. Veb-portalni yaratish. 2020-yil 1-mart 21. Fuqarolik jamiyati institutlari rivojining turli yoʻnalishlari boʻyicha onlayn rejimda seminarlar (vebinarlar)ni tizimlashtirish va yuritishni, shuningdek, Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi holati va tendensiyalari boʻyicha yangiliklar blokini nazarda tutuvchi “Fuqarolik jamiyati” veb-portalini yaratish. 1. Tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish. 2020-yil 1-fevral Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi 2. Veb-portalni yaratish. 2020-yil 1-aprel 22. Oʻzbekiston milliy jurnalistikasi rivojlanish tarixi antologiyasini yaratish, unga rivojlanishning muhim bosqichlari, mamlakatning mashhur olimlar va jurnalistlarining media-sohani rivojlantirishga qoʻshgan hissasi haqidagi maqolalarni kiritish. Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi veb-saytida, shuningdek, uning ijtimoiy tarmoqlardagi veb-sahifalarida milliy jurnalistikaning rivojlanishi tarixi haqida maqolalar, tarix�y foto va videohujjatlar joylashtirilgan boʻlimni yaratish. 2020-yil 1-yanvar Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi 23. Internet jahon axborot tarmogʻida madaniyat sohasida oʻtkaziladigan tadbirlar, tanlovlar, musobaqalar va festivallarni targʻib qilish orqali milliy madaniyatning nodir namunalarini taqdim qilish. “Xalqaro baxshichilik sanʼati”, “Sharq taronalari” va boshqa musiqa festivallarining Internet jahon axborot tarmogʻida xeshteg va “challenges”larini tashkil qilish va keng targʻib qilish. 2020-yil 1-noyabr Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 24. “Vikipediya” internet ensiklopediyasida Oʻzbekiston toʻgʻrisida turli tillarda maʼlumotlar hajmini oshirish, ushbu jarayonga faol yoshlar orasidan koʻngillilarni jalb qilish. 1. Masʼul idoralarning qoʻshma chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish. 2019-2020-yillar mobaynida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi V. Axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslariga, mamlakat arxiv va muzeylariga masofadan kirishi imkoniyatini, ishlarning samarali tashkil etilishini va ularga Internet jahon axborot tarmogʻida xizmat koʻrsatilishini taʼminlash 25. Oʻzbek adabiyoti va sanʼati mumtoz namoyandalarining asarlariga umumiy kirish imkoniyatini taʼminlash uchun veb-portal tashkil qilish. 1. Kutubxonalar, arxivlar va muzeylar resurslariga masofaviy kirish yuzasidan jahon amaliyotini oʻrganish. 2. Oʻzbek adabiyoti va sanʼati mumtoz namoyandalarining asarlariga umumiy kirish imkoniyatini taʼminlash uchun veb-portal yaratish. 2021-yil 1-yanvar Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 26. Arxiv muassasalari faoliyatini yoritish va ular tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish. 1. “Oʻzarxiv” agentligining rasmiy veb-saytida “Oʻzbekiston arxivlari” ixtisoslashtirilgan boʻlimni yaratish. 2. Arxiv muassasalari tomomnidan koʻrsatiladigan tekin va pulli xizmatlar, arxiv muassasalari manzillari, arxivlarda saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob hujjatlar va arxivlarni butlash manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish. 2021-yil 1-yanvar “Oʻzarxiv” agentligi 27. Arxivlarda jismoniy va yuridik shaxslarga interaktiv xizmatlar koʻrsatilishini kengaytirish, shu jumladan, arxiv hujjatlari bilan ishlashda ularni interaktiv tarzda qidirish imkoniyatini yaratish. Arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish, uni respublika darajasida shaxsiy maʼlumot bilan toʻldirish va qidirish imkoniyatini beruvchi maxsus dastur yordamida joylashtirish. 2021-yil 1-mart “Oʻzarxiv” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 28. Davlat arxivlari faoliyatini idoraviy arxivlar, Milliy arxiv fondida saqlanuvchi arxiv hujjatlari bilan uygʻunlashtirishni taʼminlash maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish. 1. Arxivlarning ularni shakllantirish manbai boʻlgan, shuningdek, Milliy arxiv fondining hujjatl�rini shakllantiruvchi tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2. Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha axborot ayirboshlashning integrallashtirilgan yagona tizimini yaratish, shuningdek, ushbu tizimni arxivlar faoliyatiga joriy qilish ishlarini amalga oshirish. 2021-yil 1-iyun “Oʻzarxiv” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 29. Arxiv hujjatlari bilan tanishishning zamonaviy usullarini, shu jumladan, internet-koʻrgazmalar tashkil qilish orqali joriy qilish. Internet-koʻrgazmalar tashkil qilish va arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini “Oʻzarxiv” agentligining rasmiy veb-resurslarida joylashtirish orqali arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar sonini oshirish, shuningdek, pulli arxiv xizmatlari sohasini rivojlantirish. 2021-yil 1-mart “Oʻzarxiv” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 30. Axborot-kutubxona resurslarining mobil dasturlarini yaratish, mobil messenjerlarda milliy axborot-kutubxona kanallari, axborot-botlari va guruhlarini yaratish va rivojlantirish. 1. Texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2020-yil 1-mart Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2. Axborot-kutubxona resurslarining mobil dasturlarini yaratish. 2020-2021-yillar mobaynida 31. Internet jahon axborot tarmogʻi orqali muzeylar eksponatlari, madaniy meros obyektlari va respublikaning tarixiy yodgorliklarini kengaytirilgan tarzda namoyish qilish imkoniyatini yaratish. 1. Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va ular sonini koʻpaytirish. 2. Muzeylar faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy qilish, shuningdek, onlayn-tashrif tizimini joriy qilish va yoʻlga qoʻyish. 3. Muzeylar eksponatlari, madaniy meros obyektlari va respublikaning tarixiy yodgorliklari haqida videoroliklar yaratish orqali muzeylarga tashrif buyuruvchilar, shu jumladan, xorijiy tashrif buyuruvchilar sonini oshirish, ularni Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish. 2021-yil 1-yanvar Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 32. Axborot-resurs markazlarida va kutubxonalarda elektron kitoblar bazalari va mamlakat tarixiy-madaniy merosi obyektlarining 3D-formatdagi rasmlari kolleksiyalarini yaratish. 1. Masʼul idoralarning qoʻshma chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Qoʻshma chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish. 2019-2020-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi VI. Internet jahon axborot tarmogʻining global va milliy segmenti rivojlanishi tendensiyalarini muntazam oʻrganib borish, Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish 33. Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish jarayonlarini ragʻbatlantirish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalarini tahlil qilish va takliflarni shakllantirish. Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash. 2020-yil 1-mart Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, �zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 34. Diniy-maʼrifiy tusdagi axborot resurslarini yaratish va ommalashtirishni muntazam tahlil qilish va takliflarni shakllantirishni tashkil etish, ushbu yoʻnalishdagi xorij tajribasini oʻrganish. Masʼul idoralarning qoʻshma chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. har yili Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 35. Milliy kontentni yaratish va targʻib qilish sohasida istiqbolli va ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha horijiy tajribani oʻrgangan holda Milliy kontentni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash. 1. Milliy kontentni rivojlantirish maqsadida istiqbolli va ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni ragʻbatlantirish va amalga oshirish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. 2020-yil 1-mart Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 2. Vazirlar Mahkamasiga axborot-tahliliy hisobot kiritish. 2020-yil 1-iyun 36. Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentida axborot mahsulotlarini tarqatish jarayonida qonunchilikka rioya qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash. Vazirlar Mahkamasiga axborot-tahliliy hisobot kiritish. 2020-yil 1-iyun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 37. Davlat, jamiyat manfaatlarini Internet jahon axborot tarmogʻida himoya qilish, yoshlarni ularning kamol topishiga taʼsir qiluvchi salbiy axborot taʼsiridan muhofaza qilishni taʼminlash sohasida samarali oʻzaro hamkorlik qilish mexanizmlarini joriy etishni va qonun hujjatlarini takomillashtirishni tahlil qilish va takliflar tayyorlash. Vazirlar Mahkamasiga axborot-tahliliy hisobot kiritish. har chorakda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, manfaatdor vazirliklar va idoralar
