“Qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2370-3-son)
23.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2370-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-oktabr,
2019-57-son
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 14-oktabrdagi 2019-57-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2012-yil 11-maydagi 2012-05-son “Qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2370, 2012-yil 15-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 276-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 12-fevraldagi 2014-07-son “Qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2370-1, 2014-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 97-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 5-martdagi 2019-17-son “Qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2370-2, 2019-yil 11-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2370-2/2744-son).
