Toshkent viloyati Ohangaron tumanida chorvachilikni rivojlantirish toʻgʻrisida (890-son)
23.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish hisobiga chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar asosida chorvachilik komplekslarini tashkil etish hamda aholi isteʼmoli uchun sifatli chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamda “Xalq banki” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Agrobank” ATBlarining (keyingi oʻrinlarda tegishli tijorat banklari deb ataladi) Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 2019 — 2021-yillarda qoramolchilik, qoʻy va echkilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
2. Toshkent viloyat hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq belgilangan loyihalarni amalga oshirish maqsadida ularga chorva mollarini saqlash (fermalar), shu jumladan energiya manbalari uskunalarini oʻrnatish va ularni kelgusida ekspluatatsiya qilish hamda boshqa turdagi infratuzilma obyektlarini qurish (qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlardan) hamda ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun zarur boʻlgan yer maydonlarini:
tuproq unumdorligini oshirish, ekin yerlaridan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish;
zamonaviy texnologiyalar asosida chorvachilik komplekslarini qurish;
loyihalarga ishga tushirish hisobiga qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish;
chorvachilik sohasida naslchilik-seleksiya ishlarini ilmiy asoslangan holda tashkil etish;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya qilgan holda chorva mollarining bosh soni va ularning mahsuldorligini oshirish boʻyicha majburiyatlarini belgilagan holda toʻgʻridan toʻgʻri Ohangaron tumani hokimining qarorlari asosida belgilangan tartibda ajratib berilishi taʼminlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tegishli tijorat banklari bilan birgalikda zamonaviy chorvachilik komplekslarini qurish, shuningdek, chorva mollari, qishloq xoʻjalik texnikalari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash uskunalarini sotib olish loyihalarini moliyalashtirish uchun toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish choralarini koʻrsin.
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish,tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmonida belgilangan tartibda ushbu qarorning 1 va 2-ilovalaridagi loyihalarga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya va kafilliklar beriladi.
5. Toshkent viloyati hokimligi:
oʻn kun muddatda ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida belgilangan loyihalarni moliyalashtirish, qurilish va ozuqa maydoni uchun yer maydoni ajratish, ularni oʻz muddatida ishga tushirish tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlashga qaratilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq loyihalar boʻyicha tarmoq jadvallari ijrosini tizimli ravishda muhokama qilib borsin hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish choralarini koʻrsin.
Toshkent viloyati hokimiga zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan loyiha tashabbuskorlarning yer maydonining belgilangan hajmidan oshmagan holda ushbu tashabbuskorlarni boshqasiga oʻzgartirishi mumkin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi R.Q. Xolmatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-oktabr,
890-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-oktabrdagi 890-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 2019 — 2021-yillarda qoramolchilikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan
LOYIHALAR
T/r Loyiha tashabbuskori nomi Tashkil etiladigan qoramol bosh soni Moliyalashtirish manbai Olinadigan mahsulot miqdori Ajratiladigan yer maydoni, gektar Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi Tashkil etiladigan ish oʻrni Jami shundan: sut (tonna) goʻsht (tonna) Jami shundan: oʻz mablagʻi hisobidan (mln. soʻm) xorijiy kridet liniyasi (ming dollar ) qurilish uchun sugʻoriladigan lalmi, pichanzor va yaylov 1. “Bon agro systems” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 000 27 720 9 240 2 100 6 000 57 1 512 7 165 1 340 Xalq banki 55 2. “Abduraxim-ota fayzi” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 000 27 720 9 240 2 100 6 000 57 703 6 434 263,1 Xalq banki 55 3. “Qurama qorabayirlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 500 41 580 13 860 3 150 9 000 86 1 468 6 1 462 Xalq banki 83 4. “Doʻstlik -yoʻli obod eram” fermer xoʻjaligi 2 000 55 440 18 480 4 200 12 000 114 3 426 5 47,5 3 373,1 Xalq banki 100 5. “Agro chandler” fermer xoʻjaligi 10 000 41 580 13 860 3 150 9 000 3 230 17 920 20 700 17 200 Xalq banki 250 6. “BULOQ-BOSNI-METAN GAZ” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2 000 55 440 18 480 4 200 12 000 114 3 860,5 5 48,2 3 807,3 Xalq banki 100 7. “Isroiljon Murtazakulovich” masʼuliyati cheklangan jamiyati 3 000 27 720 9 240 2 100 6 000 760 5 888,6 12 41,2 5 835,4 Xalq banki 150 8. “Sof pegas cov agra servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 000 27 720 9 240 2 100 6 000 57 1 420 5 141,3 1 273,7 Xalq banki 55 9. “Tct cluster milk and meat” masʼuliyati cheklangan jamiyati 10 000 116 200 70 000 5 250 15 000 2 850 11 020 20 3 000 8 000 Xalq banki 250 10. “Shoxrux” fermer xoʻjaligi 1 000 27 720 9 240 2 100 6 000 57 1 399,6 5 94,6 1 300 Qishloqqurilishbank 55 11. “Agroecofarm” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 000 27 720 9 240 2 100 6 000 57 1 645 5 120 1 520 Xalq banki 55 12. “Temir qadam-dilkusho” fermer xoʻjaligi 1 000 18 200 5 000 1 500 5 000 50 1 732 5 91 1 636 Milliy bank 55 13. “Best metall constructions” masuliyati cheklangan jamiyati 10 000 190 000 28 500 17 000 2 850 11 620 20 2 800 8 800 Xalq banki 250 JAMI 44 500 684 760 223 620 51 050 98 000 10 339 63 614,6 121,0 7 683,0 55 810,6 x 1 513
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-oktabrdagi 890-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 2019 — 2021-yillarda qoʻychilikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan
LOYIHALAR
T/r Loyiha tashabbuskori nomi Tashkil etiladigan qoʻy bosh soni Moliyalashtirish manbai Olinadigan mahsulot miqdori Ajratiladigan yer maydoni, gektar Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi Tashkil etiladigan ish oʻrni jami shundan: jun (tonna) goʻsht (tonna) Jami shundan: oʻz mablagʻi (mln. soʻm) xorijiy kridet liniya (ming dollar) qurilish uchun lalmi, pichanzor va yaylov 1. “Ovjasoy Boʻtaboy maskani” fermer xoʻjaligi 1 000 2 437 853 180 12 13 202 2 200 Qishloqqurilishbank 15 2. “Sundirbek” fermer xoʻjaligi 1 000 2 437 853 180 12 13 202 2 200 Qishloqqurilishbank 15 3. “Boʻron” fermer xoʻjaligi 1 000 2 437 853 180 12 13 202 2 200 Agro bank 15 4. “Asr tulpor baraka” fermer xoʻjaligi 1 000 2 437 853 180 12 13 202 2 200 Xalq bank 15 5. “Madazim-Baxtiyor xikmati” fermer xoʻjaligi 2 000 4 874 1 706 360 24 25 404 4 400 Qishloqqurilishbank 15 6. “Iskandar Zarina chorva” fermer xoʻjaligi 2 000 4 874 1 706 360 24 25 404 4 400 Xalq banki 45 7. “Bogʻi surx yuksalish” fermer xoʻjaligi 2 000 4 874 1 706 360 24 25 404 4 400 Agro bank 55 8. “Anʻom” fermer xoʻjaligi 1 000 2 437 853 180 12 13 202 2 200 Agro bank 15 9. “Ohangaron bordoqi mollari” masʼuliyati cheklangan jamiyati 3 000 7 311 2 559 540 36 38 606 6 600 Xalq banki 15 10. “Doston” fermer xoʻjaligi 1 000 2 437 853 180 12 13 202 2 200 Xalq banki 10 JAMI 15 000 36 554 12 794 2 700 180 189 3 030 30 3 000 x 215
