“51-modda. Undiruvni qarzdorning majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratish — Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-572-son)
“51-modda. Undiruvni qarzdorning majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratish
Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-572-son) · Sana: 22.10.2019 · Amalda
Qarzdorning boshqa mol-mulki ushbu mol-mulk bilan taʼminlanmagan, qarzdorga qoʻyilgan barcha talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, talablari mazkur mol-mulk bilan taʼminlangan kreditorning belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulk xatlab qoʻyilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilganidan keyin uch kunlik muddatda bu haqda talablari ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan kreditorlarga bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi, uni realizatsiya qilish va kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan, undirish uchun bildirilgan talablarini qanoatlantirish munosabati bilan qilingan xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan keyin ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan talablarini toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmay qolsa, u holda koʻrsatilgan talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi.
Agar undiruv qarzdorning mol-mulki bilan taʼminlangan talablarni qanoatlantirish uchun qaratilgan boʻlsa, u holda undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, birinchi navbatda qarzdorning majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan tegishli mol-mulki predmetiga qaratiladi”;
2) 53-modda quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Mol-mulk xatlovini amalga oshirgan davlat ijrochisi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
Xatlov bekor qilingan taqdirda garov reyestriga ilgari kiritilgan yozuv davlat ijrochisi tomonidan oʻchiriladi”;
3) 54-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit boʻyicha qarzdorlikni soʻndirish hisobiga undiruv qaratilayotgan garovga qoʻyilgan mol-mulk qoʻshimcha baholanmaydi hamda tijorat bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan garov (ipoteka) toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan narx boʻyicha realizatsiya qilinadi”;
4) 56-modda:
oltinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkni ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha realizatsiya qilish chogʻida mol-mulkni arzonlashtirish amalga oshirilmaydi va ushbu mol-mulk birinchi marta baholangan narx boʻyicha savdo tashkiloti tomonidan qayta realizatsiya qilish uchun topshiriladi”;
yettinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga takroriy auksion savdosidagi yoki savdo tashkilotlari tomonidan qayta realizatsiya qilish chogʻidagi boshlangʻich sotish narxidan 10 foiz kamroq summadagi mol-mulkni oʻzida qoldirishni taklif qiladi”;
toʻqqizinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir navbatdagi talablar boʻyicha bir nechta undiruvchi mavjud boʻlgan taqdirda, takliflar ijro hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushish navbatiga muvofiq, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkka nisbatan esa qonunda belgilangan navbatga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan undiruvchilarga yuboriladi”;
oʻninchi qismining ikkinchi jumlasidagi “garovga oluvchi realizatsiya qilinmagan garovga qoʻyilgan mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechganda” degan soʻzlar “talabi realizatsiya qilinmagan mol-mulk bilan taʼminlangan kreditor realizatsiya qilinmagan mazkur mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 80-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi “garov” degan soʻz “mol-mulk” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi OʻRQ-58-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda) 50-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud qarorlarining ijrosini amalga oshiruvchi organ yoki, agar undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilgan boʻlsa, auksion tashkilotchisi garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan tushumni qonunda nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlaydi. Bunda kimoshdi savdosini yoki auksionni oʻtkazish uchun qilingan chiqimlar va xarajatlarning oʻrnini qoplash boshqa barcha qolgan talablarni qoplashdan oldin navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda) 348-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Toʻlovchi tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzi ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida toʻlanmagan taqdirda, bojxona organi undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratiladigan miqdordagi bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzning summasini koʻrsatgan holda garov reyestriga yozuv kiritadi. Yozuv bojxona toʻlovlari boʻyicha qarz toʻliq qoplanganidan yoki hisobdan chiqarilganidan keyin garov reyestridan oʻchiriladi”;
beshinchi qism oltinchi qism deb hisoblansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 171-modda quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
“9) yozma bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan koʻchar mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa”;
2) 172-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51) toʻlanmagan toʻlovlar summasining hisob-kitobi va undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan koʻchar mol-mulkning tavsifi”;
3) 178-modda birinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) undirilishi lozim boʻlgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan koʻchar mol-mulk, uning tavsifi va bahosi”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 135-moddaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) yozma bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab bildirilgan boʻlsa”;
2) 136-modda ikkinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) undiriladigan summaning hisob-kitobi, undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan koʻchar mol-mulkka qaratilgan taqdirda esa, undirilayotgan koʻchar mol-mulkning tavsifi va toʻlanmagan toʻlovlar summasining hisob-kitobi”;
3) 145-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) undirilishi lozim boʻlgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan koʻchar mol-mulk, uning tavsifi va bahosi”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
14-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan mazkur Qonun u kuchga kirganidan keyin yuzaga keladigan huquqlar va majburiyatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin olti oy ichida tergov va surishtiruv organlari, davlat soliq xizmati organlari, davlat bojxona xizmati organlari hamda boshqa davlat organlari, shuningdek oʻz talablarining garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mulkiy taʼminotiga ega boʻlgan kreditorlar qarzdorlarning mol-mulkiga boʻlgan oʻz huquqlari toʻgʻrisidagi yozuvlarni garov reyestriga yozuvni roʻyxatdan oʻtkazish sanasi sifatida oldingi davrda tegishli mulkiy taʼminotni tashkil etish sanasini koʻrsatish yoʻli bilan kiritishga haqli.
Kreditorlarning qarzdorlar mol-mulkiga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisidagi, koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin garov reyestriga kiritilgan talablari belgilangan tartibda navbatga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-oktabr,
OʻRQ-572-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “51-modda. Undiruvni qarzdorning majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratish Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-572-son). neolex.uz/uz/laws/law-4563027/51 (lex.uz/docs/-4563025)