Viloyatning davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish toʻgʻrisida (Қ-126-son)
10.02.2018
Surxondaryo viloyati hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son Farmoni, 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini aniqlash mezonlarini tasdiqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3067-sonli qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 17-noyabrdagi 626/01-17-sonli xatini koʻrib chiqib, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 17-noyabrdagi 626/01-17-sonli xati inobatga olinsin.
2. Davlat obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymatida sotish boʻyicha viloyat hududiy tanlov komissiyasining (keyinchalik — viloyat hududiy tanlov komissiyasi deb yuritiladi) boʻsh turgan, foydalanilmayotgan va kam quvvatli obyektlari hatlovdan oʻtkazilganligi va ulardan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan “nul” xarid qiymati boʻyicha tanlov asosida sotiladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Viloyat hududiy tanlov komissiyasi (A. Oripov), Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi (E. Eshkeldiyev), tegishli shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
yuqorida qayd etilgan roʻyxat asosida davlat mulki obyektlarini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarining minimal shartlarini tasdiqlash hamda investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan “nul” xarid qiymati boʻyicha sotish yuzasidan tanlovlar oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi (B. Mardayev) bilan birgalikda xususiylashtiriladigan va investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan “nul” xarid qiymatida sotiladigan davlat mulki obyektlari roʻyhatini bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, jumladan, mahalliy va “Birja” gazetalarida hamda internet saytlarida joylashtirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari A. Oripov zimmasiga yuklansin.
Viloyat hokim E. TURDIMOV
Termiz sh.,
2018-yil 10-fevral,
Q-126-son
Viloyat hokimining 2018-yil 10-fevraldagi Q-126-sonli qaroriga ILOVA
Surxondaryo viloyatida investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan “nul” xarid qiymati boʻyicha tanlov asosida sotiladigan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI
T/r T/r Obyekt nomi Joylashgan manzili Balansda saqlovchi Izoh* 1. 2. 3 4 5 6 Boysun tumani 1. 1. Sobiq dam olish uyi binosi Boysun tumani, “Obi” mahallasi Boysun tuman hokimligi Xususiy MTM tashkil etish Oltinsoy tumani 2. 1. Sobiq Paxtakor nomli shirkat xoʻjaligining maʼmuriy binosi Oltinsoy tumani A. Boʻtayev mahallasi Oltinsoy tuman hokimligi Xususiy klinika tashkil etish Qumqoʻrgʻon tumani 3. 1. Sobiq FIB Qumqoʻrgʻon tumalararo sudining foydalanilmasdan boʻsh turgan 2 qavatli binosi Qumqoʻrgʻon tumani “Azlarsoy” mahallasi Qumqoʻrgʻon tuman hokimligi Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni tashkil etish Sherobod tumani 4. 1. Sherobod tuman Yer tuzish va kuchmas mulk kadastri xizmatining eski maʼmuriy binosi Sherobod shahar Oxunboboyev mahallasi, Mustaqillik koʻchasi 108-a-uy Viloyat Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni tashkil etish 5. 2. Foydalanilmasdan boʻsh turgan bino-inshoot Sherobod tuman Chorbogʻ mahallasi Tuzkon qishlogʻi Sherobod tuman hokimligi Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni tashkil etish Termiz shahri 6. 1. Daryo porti qozonxonasi Termiz shahar “Pattakesar” mahallasi Termiz shahar hokimligi Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni tashkil etish
* Balansda saqlovchilarning takliflari inobatga olingan.
