Sh.R. Rashidov tavalludining 75 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish haqida (267-son)
06.06.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari, Toshkent shahri mehnatkashlari, respublika ijodkor ziyolilari va keng jamoatchilikning atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidovich Rashidov tugʻilganiga 75 yil toʻlishini keng nishonlash haqidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Yubiley komissiyasining tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Komissiya bir oy muddat ichida Sh. R. Rashidov tavalludining 75 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlarini ishlab chiqib, ularni bajarishga kirishsin.
*Ilova berilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-iyun,
267-son
