9-modda. Metsenatlik faoliyatida ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi
Metsenatlik toʻgʻrisida (O‘RQ-571-son) · Sana: 16.10.2019 · Amalda
Ommaviy axborot vositalari:
metsenatlik faoliyatini rivojlantirishga, shu jumladan madaniyat va sanʼat sohasida aholining axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni yoritishi;
metsenatlik toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
madaniyat va sanʼat sohasi organlari hamda tashkilotlari, shuningdek metsenatlik faoliyati subyektlari bilan madaniyat va sanʼatni rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qilishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
