Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (262-son)
23.07.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitlarida ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish va ishlarning pirovard natijalari uchun masʼuliyatni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 1-sentabrdan boshlab boshlangʻich razryadning oyiga 600 soʻm miqdoridagi tarif stavkasi Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-martdagi 103-son qaroriga ilova 1996-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 23-iyul,
262-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-iyuldagi 262-son qaroriga ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi
