Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining turar joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlar toʻgʻrisida (865-son)
11.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qaroriga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga zamonaviy talab hamda standartlarga javob beradigan arzon uy-joylar qurish va berish hisobidan ularni ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish tizimiga turar joy-maishiy sharoitlarni yaxshilash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
investor va tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda investor deb ataladi) 2019 — 2022-yillarda koʻp kvartirali uylarni hamda uylarni “tayyor holda topshirish” shartlarida bosqichma-bosqich qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining foydalanilmaydigan yer uchastkalari, bino va obyektlarini 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tashkil etiladigan komissiya tomonidan oʻtkaziladigan tanlov (tender) natijalari asosida qurilish toʻgʻrisidagi shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
ushbu qarorni amalga oshirish doirasida birinchi qavatlardan tashqari, qoida tariqasida, ikki xonali kvartiralar uchun — kamida 80 kvadrat metr, uch xonali kvartiralar uchun — 100 kvadrat metr va toʻrt xonali kvartiralar uchun — 120 kvadrat metr boʻlgan koʻp kvartirali uylarni hamda uylarni qurish;
ushbu qaror ijrosini taʼminlash doirasida quriladigan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni hamda uylarni mazkur qaror qoidalariga muvofiq tuziladigan qurilish shartnomalarida belgilangan imtiyozli shartlar va narxlarda asosan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga sotish, investor ulushi bundan mustasno.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining qarorlari asosida:
uy-joy bilan taʼminlanish va yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan;
xizmat faoliyatida (jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda) yuqori natijalarga erishgan, shuningdek, intizomiy jazoga tortilmagan xodimlar va harbiy xizmatchilar ushbu qarorni amalga oshirish doirasida qurilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni imtiyozli arzon narxlarda sotib olish huquqidan foydalanadi.
3. Belgilansinki, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan:
ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda besh yildan oshmagan muddatga qonunchilikda belgilangan tartibda foizsiz qarz berilishi mumkin;
ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga ushbu qarorni amalga oshirish doirasida qurilgan koʻp kvartirali uylarda sotilmagan kvartiralarning bir qismi qurilish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan narxlar boʻyicha imtiyozli shartlarda sotib olinadi va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xizmat uy-joy fondiga oʻtkaziladi.
4. Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining turar joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida ushbu qarorning shartlariga muvofiq, keyinchalik Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy (sohaviy) boʻlinmalariga oʻzining foydalanilmaydigan yer uchastkalari, bino va obyektlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan ajratiladigan yer uchastkalariga nisbatan mazkur qarorda nazarda tutilgan mexanizmdan foydalanishga ruxsat berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari zimmasiga uy-joy bilan taʼminlanish hamda yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan, xizmat faoliyatida (jamoat tartibni saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda) yuqori natijalarga erishgan, shuningdek, intizomiy jazoga tortilmagan xodimlar va harbiy xizmatchilar roʻyxatini shakllantirishda xolislikni taʼminlash hamda korrupsiya holatlarini bartaraf etish uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, shartnoma shartlarining toʻliq va sifatli bajaralishi monitoringini taʼminlasin;
uy-joy bilan taʼminlanish hamda yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan, xizmat faoliyatida (jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda) yuqori natijalarga erishgan, shuningdek, intizomiy jazoga tortilmagan xodimlar va harbiy xizmatchilar roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida qurilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni hamda uylarni ular oʻrtasida taqsimlash boʻyicha ichki ishlar organlari turar joy-maishiy komissiyalarining faoliyatini samarali tashkil etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda ushbu qarorni amalga oshirish doirasida “tayyor holda topshirish” shartlarida quriladigan har bir koʻp kvartirali uy hamda uy boʻyicha qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 217-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-oktabr,
865-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 865-son qaroriga 1-ILOVA
Investor va tadbirkorlik subyektlariga koʻp kvartirali uylarni “tayyor holda topshirish” shartlarida bosqichma-bosqich qurish uchun taklif etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining foydalanilmaydigan yer uchastkalari, bino va obyektlarining
ROʻYXATI
T/r Nomlanishi Joylashgan joyi Umumiy maydoni Qurilish maydoni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 1. 3/9-son maktabgacha taʼlim muassasasi hududi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak mavzesi 0,64 ga 0,22 ga 2. 4/2093-son maktabgacha taʼlim muassasasi hududi Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 3-kvartal 0,64 ga 0,32 ga 3. Portlash texnikasi ekspertizasi markazi hududi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Zafarobod koʻchasi, 110 2,5 ga 1,2 ga 4. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 48 0,71 ga 0,3 ga 5. Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hududi Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Yangiobod” MFY 3,7 ga 0,4 ga 6. 7801-son harbiy qism Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Oʻsh koʻchasi, 1 1,3 ga 0,3 ga 7. 7531-son harbiy qism Toshkent shahri, Sergeli tumani, Qipchoq koʻchasi 10,8 ga 1,1 ga 8. 7532-son harbiy qism Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Navoiy koʻchasi, 5 12,3 ga 1,0 ga 9. 7533-son harbiy qism Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Shayx Ali qoʻrgʻoni koʻchasi 0,84 ga 0,75 ga Toshkent shahar IIBB 10. Yashnobod tumani IIB FMB garaji hududi Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Chigʻil koʻchasi, 58 0,21 ga 0,21 ga 11. Foydalanilmayotgan bino Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi 0,052 ga 0,052 ga 12. Xodimlar uchun oʻy-joy qurishga ajratilgan yer uchastkasi Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sunbula koʻchasi, 1 0,11 ga 0,11 ga 13. Xodimlar uchun oʻy-joy qurishga ajratilgan yer uchastkasi Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv mavzesi, 6 0,50 ga 0,50 ga 14. Olmazor tumani IIB FMB hududi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sogʻbon koʻchasi, 360 2,43 ga 0,2 ga 15. Xodimlar uchun oʻy-joy qurishga ajratilgan yer uchastkasi Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 10-kvartal 0,25 ga 0,25 ga Toshkent viloyati IIBB 16. “Ekotrans” nazorat-oʻtkazish punkti Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Gʻazalkent” MFY 1,9 ga 1,9 ga Namangan viloyati IIB 17. IIB YHHB avtomobillar turar joyi Namangan shahri, I. Karimov koʻchasi 0,4 ga 0,4 ga Xorazm viloyati IIB 18. Xiva shahri IIB hududi Xiva shahri, Amir Temur koʻchasi, 1 0,88 ga 0,28 ga 19. Yangibozor tumani IIB hududi Yangibozor tumani, J. Manguberdi koʻchasi 1,1 ga 0,24 ga
