Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (851-son)
07.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoni ijrosini taʼminlash, va zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019-2020-yillarda hududlar kesimida zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish jadvali (keyingi oʻrinlarda Jadval deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Jadvalga “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga tayyorlangan asoslangan takliflariga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Jadvalni amalga oshirish doirasida:
xoʻjalik yurituvchi subyektlari (keyingi oʻrinlarda tashabbuskorlar deb ataladi) bilan birga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdan sotishgacha boʻlgan jarayonni toʻliq oʻz ichiga oluvchi zamonaviy zargarlik markazlarini (keyingi oʻrinlarda zargarlik markazlari deb ataladi) sifatli va oʻz vaqtida tashkil etish boʻyicha kompleks tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tarmoq jadvallarinig ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;
zargarlik markazlarini asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoniga muvofiq tashkil etilayotgan hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarida, shuningdek, tegishli hududlarning turistik yoʻnalishlarida joylashtirishni;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birga foydalanilmayotgan bino va inshootlarni investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan tashabbuskorlarga zargarlik markazlarini tashkil etish uchun belgilangan tartibda “nol” xarid qiymatida sotilishini taʼminlasin.
3. Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, ular tomonidan jalb qilingan kreditlar yoki qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar zargarlik markazlari faoliyatini tashkil etish va ularni joylashtirish uchun binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, shuningdek, zarur tashqi infratuzilmani oʻtkazish ishlarini moliyalashtirish manbaalari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi zargarlik markazlarini qurishda loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan belgilangan tartibda oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlarining sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli qurilish-arxitektura davlat nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi va Transport vazirligi tashkil etilayotgan zargarlik markazlari tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan tashqi muxandislik va transport kommunikatsiyalarga belgilangan tartibda ulanishini taʼminlasin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
“Oʻzbekzargarsanoati” va “Hunarmand” uyushmalari bilan birgalikda zargarlik markazlarining respublikada oʻtkaziladigan xalq amaliy sanʼati xalqaro festivallarida tizimli ravishda ishtirok etishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda tashabbuskorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoringni taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining buyurtmanomalariga binoan zargarlik markazlarini tashkil etilishida hamda respublikada oʻtkaziladigan xalq amaliy sanʼati xalqaro festivallarida qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi buyurtmanomalariga binoan zargarlik markazlari faoliyatida va respublikada oʻtkaziladigan xalqaro xalq amaliy sanʼati festivallarida qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xoʻjayev va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi D.N. Samatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-oktabr,
851-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-oktabrdagi 851-son qaroriga ILOVA
2019-2020-yillarda hududlar kesimida zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish jadvali
T/r Joylashtirilgan manzili Loyiha tashabbuskori Loyihaning yillik quvvati (kg) Loyiha qiymati (mln soʻm) Shu jumladan: Ishga tushirilishi oʻz mablagʻlari (mln soʻm) tijorat banklarining kreditlari (mln soʻm) horijiy investitsiyalar (mln doll.) oltin kumush Jami: 7 486,65 828,6 393 985,0 31 525,0 336 260,0 3,21 x Qoraqalpogʻiston Respublikasi 10 8 490,0 120,0 370,0 - x 1 Nukus sh. “Tleumbetov Paraxat Kuralbayevich” YTT 6 8 270,0 80,0 190,0 - 2019-yil dekabr 2 Nukus sh. “Nukus Yuvelir Prom” MChJ 4 0 220,0 40,0 180,0 - 2020-yil sentabr Andijon viloyati 70 50 16 500,0 2 500,0 14 000,0 - x 3 Andijon sh. “Kapital Bella” MChJ 55 40 15 000,0 2 000,0 13 000,0 - 2020-yil sentabr 4 Shahrixon tumani “Hamkor biznes savdo Shahrixon” MChJ 15 10 1 500,0 500,0 1 000,0 - 2020-yil mart Buxoro viloyati 27 54 15 000,0 4 500,0 10 500,0 - x 5 Buxoro sh. “Gʻallaosiyo Omad Invest” MChJ 15 30 10 000,0 3 500,0 6 500,0 - 2020-yil mart 6 Buxoro sh. “Burxanova Sabina” XK 12 24 5 000,0 1 000,0 4 000,0 - 2020-yil mart Jizzax viloyati 1,25 11 780,0 200,0 580,0 - x 7 Jizzax sh. “Ishonkulov Ilxom” XK 0,5 5 550,0 150,0 400,0 - 2019-yil dekabr 8 Doʻstlik tumani “Shofiyev Ulugbek” HK 0,75 6 230,0 50,0 180,0 - 2020-yil iyul Qashqadaryo viloyati 4 6,4 820,0 220,0 600,0 - x 9 Shaxrisabz sh. “Dunar Gold” QK 2,2 3,5 550,0 150,0 400,0 - 2019-yil dekabr 10 Qarshi sh. “Xushvaqtov Yangiboy Jabborovich” YTT 1,8 2,9 270,0 70,0 200,0 - 2019-yil dekabr Navoiy viloyati 20 50 2 620,0 220,0 2 400,0 - x 11 Navoiy sh. “Rahmonov Zokir Yavkochevich” YTT 10 30 2 100,0 100,0 2 000,0 - 2020-yil iyul 12 Zarafshon sh. “Narpulatov Furqat Tuymuradovich” YTT 10 20 520,0 120,0 400,0 - 2020-yil iyun Namangan viloyati 50 100 3 000,0 3 000,0 - - x 13 Namangan sh. “Doʻstlik Savdo Kompleksi” MChJ 25 50 1 500,0 1 500,0 - - 2020-yil aprel 14 Namangan sh. “Z. Akbarov” XK 25 50 1 500,0 1 500,0 - - 2020-yil dekabr Samarqand viloyati 1,7 4,3 1 250,0 500,0 750,0 - x 15 Urgut tumani “Diyorbek Stoma Servis” MChJ 0,5 0,3 1 000,0 400,0 600,0 - 2020-yil dekabr 16 Kattaqoʻrgʻon tumani “Soipnazarov Zafar” XK 1,2 4 250,0 100,0 150,0 - 2020-yil mart Surxondaryo viloyati 40 80 12 600,0 4 600,0 8 000,0 - x 17 Termiz sh. “Akbar Termiziy” XK 20 40 4 000,0 1 000,0 3 000,0 - 2019-yil dekabr 18 Denov tumani “Malika Mumtoz” XK 20 40 8 600,0 3 600,0 5 000,0 - 2019-yil dekabr Sirdaryo viloyati 8,7 13,4 925,0 115,0 810,0 - x 19 Guliston sh. “Bayxonov Baxrom Toir oʻgʻli” YTT 4,2 6,7 450,0 70,0 380,0 - 2020-yil sentabr 20 Guliston sh. “Sotvoldiyev Sunnatilla” XK 4,5 6,7 475,0 45,0 430,0 - 2020-yil sentabr Toshkent viloyati 4,0 31,5 800,0 50,0 750,0 - x 21 Chirchiq sh. “Nazirov Qobul Abdurahmonovich” YTT 3 30 500,0 - 500,0 - 2020-yil dekabr 22 Quyichirchiq tumani “Shoira Baxtiyor” XK 1,0 1,5 300,0 50,0 250,0 - 2020-yil dekabr Fargʻona viloyati 120,0 180,0 30 000,0 3 500,0 - 3,21 x 23 Fargʻona sh. “Gold City” MChJ 70,0 100,0 22 000,0 2 550,0 - 2,21 2019-yil noyabr 24 Qoʻqon sh. “Gold City” MChJ 50,0 80,0 8 000,0 1 000,0 - 0,8 2019-yil noyabr Xorazm viloyati 30 40 13 500,0 6 700,0 6 800,0 - x 25 Urganch sh. “Farangiz-M” XK 10 10 2 000,0 200,0 1 800,0 - 2020-yil dekabr 26 Xiva sh. “Yangiobod Otabek Servis” MChJ 20 30 11 500,0 6 500,0 5 000,0 - 2020-yil sentabr Toshkent shahri * 7 100 200 295 700,0 5 300,0 290 400,0 - X 27 Shayxontoxur tumani “Uzgold Jewwellery” MChJ 1 000 100 30 000,0 5 000,0 25 000,0 - 2020-yil dekabr 28 Olmazor tumani “Berill Gold” MChJ 100 100 300,0 300,0 - - 2020-yil fevral 29 Chilonzor tumani “Technology Development” MChJ 6 000 - 265 400,0 - 265 400,0 - 2020-yil dekabr
* 2020-yil ohiriga kadar Toshkent shahrida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdan sotishgacha boʻlgan jarayonni toʻliq oʻz ichiga oluvchi zamonaviy zargarlik markazlari soni kamida oʻntaga yetkaziladi.
