Oʻzbekiston Respublikasi advokatlik birlashmalarida advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (250-son)
15.07.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy, professional birlashmalari sifatida advokatlik tuzilmalari faoliyatining oʻziga xosligini hisobga olib, shuningdek ularning samarali faoliyatini va ijtimoiy himoyalanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, advokatlik birlashmalari ish haqi fondining 7 foizi miqdorida, ulardan advokatlik tuzilmalari umumiy ehtiyojlariga summalar ushlab qolingandan keyin, Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlaydilar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq Sugʻurta badallarini hisoblash va toʻlash, davlat ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarini sarflash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 15-iyul,
250-son
