Boshoqli ekinlar donining xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida (250-son)
28.05.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada boshoqli ekinlar donini yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish, shuningdek, jamoa va davlat xoʻjaliklari, ijara jamoalari va fermer xoʻjaliklarining oshgan ulgurji narxlar boʻyicha moddiy-texnika resurslari sotib olish xarajatlarini qisman qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan, boshoqli ekinlar donining cheklangan xarid narxlarini ilovaga muvofiq oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida yangi xarid narxlarining preyskurantini chiqarsin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-may,
250-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-maydagi 250-son qaroriga ILOVA
DONNING CHEKLANGAN XARID NARXLARI
