Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (844-son)
04.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hayʼat aʼzolarining soni 7 (yetti) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Esanov Muhiddin Turdiyevich — Boshliq 2. Rasulov Muzaffar Raximdjanovich — Boshliqning birinchi oʻrinbosari 3. Saidov Zafar Zoirovich — Boshliq oʻrinbosari 4. Djavliyev Ulugʻbek Narmatovich — Boshliq oʻrinbosari 5. Xamrayev Ikromjon Fayzulloyevich — Boshliq oʻrinbosari 6. Ashurov Furkatjon Shuxratovich — Paxta xomashyosi, don urugʻlar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi 7. Mirzayev Olimjon Sharipovich — Kadrlar boshqarmasi boshligʻi
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-oktabr,
844-son
