Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (817-son)
27.09.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Musayev Bexzod Anvarovich — Rais 2. Mirzayev Mubin Muxidinovich — Raisning birinchi oʻrinbosari 3. Umarov Fazliddin Karimovich — Rais oʻrinbosari 4. Fayzibayev Alimjan Elchiyevich — Rais oʻrinbosari 5. Maxkamov Mirziyod Mirvaxidovich — Rais oʻrinbosari 6. Azizov Abdulla Abdisalamovich — Rais oʻrinbosari 7. Tursunov Akmal Shomurotovich — Ichki audit boshqarmasi boshligʻi 8. Axmedjanov Farrux Karimovich — Strategik rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi 9. Lavozimiga koʻra — Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hayʼat aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2017-yil 5-maydagi 260-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-sentabr,
817-son
