Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-5840-son)
30.09.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
PF-5840-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PF-5840-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son Farmoni 15-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “homilani sunʼiy ravishda tushirish” soʻzlari “homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“onalar va bolalar hamda fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq akusher-ginekologik va ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4235-son qarorida:
5-banddagi, 6-bandning birinchi xatboshisidagi va 11-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish boʻyicha komissiya” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi
TARKIBI
1. T.K. Narbayeva — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Komissiya raisi 2. E.I. Basitxanova — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari 3. D.G. Tashmuxamedova — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari 4. A.V. Shin — Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri 5. C.Sh. Mirziyoyeva — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari 6. A.X. Saidov — Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi direktori 7. G.A. Raximova — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzosi 8. S.M. Xolxoʻjayev — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari 9. G.Sh. Rixsiyeva — Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori 10. Lavozimi boʻyicha — Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori 11. G.Gʻ. Maxmudova — “Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi (kelishuv asosida) 12. X.B. Abduvaxidov — Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi raisi 13. M.R. Shirinova — “Sabr” respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori 14. D.M. Maxbubov — Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisining oʻrinbosari 15. E.S. Tulyakov — “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ijrochi direktori 16. A.E. Burxanov — “Yuksalish” umummilliy harakati raisi 17. D.K. Muratova — Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi direktori oʻrinbosari 18. G.J. Sattarova — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bosh ilmiy xodimi 19. G.A. Ishanxanova — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi boʻlimi mudiri
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.
