Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida (818-son)
27.09.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi PQ-4438-son qaroriga muvofiq va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi qoshidagi Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi (keyingi oʻrinlarda Ekspert guruhi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Ekspert guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda axborot vositalarining kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni sotish hamda ularning noqonuniy muomalasi boʻyicha axborotini, shu jumladan dori vositalarini notibbiy maqsadlarda isteʼmol qilish monitoringi natijalarini koʻrib chiqish;
kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga olish sohasida ilgʻor xalqaro va xorijiy tajribani oʻrganish;
kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
ekspert guruhi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va yigʻilishlarni zarurat tugʻilganda, yarim yilda kamida bir marta oʻtkazadi;
kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha ekspert guruhi tayyorlagan takliflar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
4. Ekspert guruhiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlar berilsin:
kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni sotish va ularning noqonuniy muomalasi, shu jumladan dori vositalarining notibbiy maqsadlarda isteʼmol qilinishini monitoring qilish maqsadida axborot-tahliliy va uslubiy maʼlumotlarni yigʻishni tashkil etish va tayyorlash;
ekspert guruhi ishlariga vazirlik va idoralarning mutaxassislarini jalb etish;
tajriba va kerakli maʼlumotlarni almashish hamda olish maqsadida maxsus seminar va uchrashuvlar tashkil etish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi ikki hafta muddatda Ekspert guruhi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-sentabr,
818-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 818-son qaroriga 1-ILOVA
Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar
ROʻYXATI
* Ushbu moddalar alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hisoblanib, ular faqat giyohvandlik vositalari va/yoki psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali ulgurji va chakana realizatsiya qilinadi (sotiladi).
Izox.
Bundan tashqari, quyidagilar kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga kiradi:
a) ushbu roʻyxatda keltirilgan moddalarning mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan barcha holatdagi tuzlari;
ushbu roʻyxatda keltirilgan moddalarning mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan barcha holatdagi izomerlari;
ushbu roʻyxatda keltirilgan moddalarning oddiy va murakkab efirlari.
Bunday tuzlar, izomerlar va efirlar uchun jinoiy harakatni tasniflash uchun koʻp miqdor koʻrsatkichlari xuddi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga qoʻllaniladigan koʻrsatkichlarga mos ravishda belgilanadi.
b) tarkibida ushbu kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatida keltirilgan moddalardan birortasi mavjud boʻlgan barcha dori shakllari, aralashmalar va eritmalar, bunda dori shakli, aralashma va eritmalar uchun koʻp miqdor kuchli taʼsir qiluvchi moddaning koʻp miqdori kabi aniqlanadi, dori shakli, aralashmasi va eritma uchun eng koʻp miqdori taʼsir qiluvchi modda hisob-kitob qilinmasdan umumiy miqdordan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 818-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi qoshidagi Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimiga koʻra—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori oʻrinbosari, Ekspert guruhi raisiLavozimiga koʻra—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligining masʼul xodimi, Ekspert guruhi raisi oʻrinbosariLavozimiga koʻra—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligining masʼul xodimiLavozimiga koʻra—Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti rahbariLavozimiga koʻra—Sogʻliqni saqlash vazirligi Farmatsevtika sohasini tartibga solish va dori vositalari ehtiyojlarini aniqlash boʻlimi boshligʻiLavozimiga koʻra—Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori — psixiatriya va narkologiya xizmati boʻyicha bosh mutaxassisLavozimiga koʻra—Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya ilmiy-klinik boʻlimi shifokori — toksikologiya xizmati boʻyicha konsultantLavozimiga koʻra—“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi raisiLavozimiga koʻra—“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Farmakologiya qoʻmitasi raisiLavozimiga koʻra—“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Dori vositalarini sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi mudiriKelishuv boʻyicha—Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimiKelishuv boʻyicha—Bosh prokuratura masʼul xodimiLavozimiga koʻra—Ichki ishlar vazirligi Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻiLavozimiga koʻra—Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi ekspertiKelishuv boʻyicha—Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi masʼul xodimiLavozimiga koʻra—Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi “Zaharli moddalarni kriminalistik tadqiqoti” mutaxassisligi boʻyicha bosh ekspertiKelishuv boʻyicha—Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi masʼul xodimiKelishuv boʻyicha—Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi masʼul xodimiKelishuv boʻyicha—Savdo-sanoat palatasi masʼul xodimi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 818-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 4-son, 40-modda) 36-bandidagi “anabolik vositalarga” soʻzlari “anabolik vositalar, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan dori vositalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Izoh: 1-band 2019-yil 1-dekabrdan kuchga kiritiladi.
2-band 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiritiladi.
