Toshkent shahridagi davlat ixtisostashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida (826-son)
30.09.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga muvofiq, shuningdek, rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalarining tabaqalashtirilgan tarmogʻini optimallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil oktabr oyidan boshlab, Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini optimallashtirish va keyinchalik bolalar kontingentini hisobga olgan holda, ularni davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan tahlil asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanish maqsadida Toshkent shahridagi 49 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, xususan:
18 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari etib;
31 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari etib qayta tashkil etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qayta tashkil etilayotgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tadbirlari rejasini bir oy muddatda tasdiqlasin va amalga oshirsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlar amaldagi shtat boʻyicha xodimlar soni va davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlash uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻining optimallashtirilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, shu jumladan ularni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, korreksiya vositalari, dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash tadbirlarini amalga oshirishga yoʻllantiriladi;
umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻzgartiriladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan belgilangan tartibda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasi tomonidan berilgan xulosa asosida qabul qilingan tarbiyalanuvchilar oʻtkazilgan korreksiya-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarining natijalariga koʻra, tegishli davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻtkaziladi yoki ushbu muassasada qoladi;
keyinchalik bolalar umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlarini ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlashni 2020 — 2022-yillarga va kelgusi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga belgilangani tartibda kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
826-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 826-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻzgartirilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining
ROʻYXATI
T/r Tashkilot joylashgan joy Tashkilot raqami Amaldagi ixtisosligi 1. Bektemir tumani 574-son Koʻp tarmoqli 2. Mirobod tumani 282-son Logopedik 3. Mirzo Ulugʻbek tumani 375-son Aqliy va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar uchun 4. Mirzo Ulugʻbek tumani 390-son Sanatoriy tipidagi 5. Sergeli tumani 46-son Ortopedik 6. Sergeli tumani 508-son Logopedik 7. Uchtepa tumani 431-son Koʻp tarmoqli 8. Uchtepa tumani 404-son Koʻp tarmoqli 9. Chilonzor tumani 289-son Aqliy va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar uchun 10. Chilonzor tumani 322-son Koʻrish qobiliyati buzilgan bolalar uchun 11. Shayxontohur tumani 321-son Logopedik 12. Olmazor tumani 522-son Logopedik 13. Yunusobod tumani 480-son Koʻp tarmoqli 14. Yunusobod tumani 442-son Koʻp tarmoqli 15. Yunusobod tumani 560-son Koʻp tarmoqli 16. Yakkasaroy tumani 369-son Aqliy va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar uchun 17. Yashnobod tumani 306-son Logopedik 18. Yashnobod tumani 272-son Koʻp tarmoqli
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq ushbu ilovada koʻrsatilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 826-son qaroriga 2-ILOVA
Umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻzgartirilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining
ROʻYXATI
T/r Tashkilot joylashgan joy Tashkilot raqami Amaldagi ixtisosligi 1. Mirobod tumani 60-son Logopedik 2. Mirobod tumani 127-son Logopedik 3. Mirobod tumani 32-son Logopedik 4. Mirzo Ulugʻbek tumani 57-son Logopedik 5. Mirzo Ulugʻbek tumani 37-son Logopedik 6. Mirzo Ulugʻbek tumani 410-son Logopedik 7. Mirzo Ulugʻbek tumani 422-son Logopedik 8. Mirzo Ulugʻbek tumani 525-son Logopedik 9. Mirzo Ulugʻbek tumani 587-son Logopedik 10. Sergeli tumani 109-son Ortopedik 11. Sergeli tumani 352-son Logopedik 12. Sergeli tumani 353-son Aqliy va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar uchun 13. Sergeli tumani 45-son Sanatoriy tipidagi 14. Uchtepa tumani 328-son Logopedik 15. Uchtepa tumani 386-son Koʻp tarmoqli 16. Uchtepa tumani 397-son Sanatoriy tipidagi 17. Uchtepa tumani 604-son Koʻp tarmoqli 18. Chilonzor tumani 24-son Ortopedik 19. Chilonzor tumani 538-son Logopedik 20. Chilonzor tumani 215-son Logopedik 21. Chilonzor tumani 225-son Logopedik 22. Chilonzor tumani 246-son Logopedik 23. Chilonzor tumani 368-son Ortopedik 24. Chilonzor tumani 316-son Sanatoriy tipidagi 25. Yunusobod tumani 544-son Koʻp tarmoqli 26. Yunusobod tumani 173-son Koʻp tarmoqli 27. Yunusobod tumani 511-son Koʻp tarmoqli 28. Yakkasaroy tumani 250-son Koʻp tarmoqli 29. Yakkasaroy tumani 273-son Logopedik 30. Yashnobod tumani 559-son Logopedik 31. Yashnobod tumani 457-son Sanatoriy tipidagi
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq ushbu ilovada koʻrsatilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish huquqiga ega.
