Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha baʼzi karorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (247-son)
26.05.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilova qilinayotgan roʻyxatga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 26-may,
247-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-maydagi 247-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston maktab oʻquvchilarining “Yosh kuch” Koʻngilli sport jamiyati Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1977-yil 14-iyuldagi 463-sonli qarori.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Uzsofprofning “Oʻzbekiston SSR “Paxtakor” koʻngilli qishloq sport jamiyatini Butunittifoq Kasaba soyuzi — kooperativ “Urojay” koʻngilli sport jamiyatining Oʻzbekiston Respublika “Paxtakor” tashkilotiga aylantirish toʻgʻrisida” 1982-yil 15-dekabrdagi 797-son qarori (OʻzSSR QT, 1982-y., 12-son, 42-modda).
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston maktab oʻquvchilarining “Yosh kuch” Koʻngilli sport Ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1986-yil 10-sentabrdagi 448-son qarori.
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti, Uzprof va Oʻzbekiston LKSM Markaziy Komitetining “Respublika futbol, sportning boshqa oʻyin turlarini boshqarishni SSSR Ministrlar Soveti, VSSPS va VLKSM Markaziy Komitetining 1988-yil 2-avgustdagi 945-son qaroriga muvofiq yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 1988-yil 18-oktabrdagi 370-son qarori 2-bandining toʻrtinchi, oltinchi xatboshilari.
