Pillaga davlat buyurtmasini kamaytirish toʻgʻrisida (242-son)
23.05.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika jamoa va davlat xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish va pillachilikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining respublika fondiga pilla yetkazib berish yuzasidan davlat buyurtmasini belgilangan topshiriqning 75 foizigacha kamaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Davlat buyurtmasidan ortiqcha olingan pillaning qolgan qismi jamoa va davlat xoʻjaliklarining ixtiyoriga koʻra shartnomaviy (erkin) narxlarda sotiladi.
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 23-son qarorning 1-ilovasiga va koʻrsatilgan qarorning 2-bandiga tegishli oʻzgartishlar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 23-may,
242-son
