“24-modda. Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni tanlash tartibi
Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-566-son) · Sana: 10.09.2019 · Amalda
Boʻsh sudyalik lavozimlari toʻgʻrisidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni koʻrib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.
Zaxiraga kiritilgan sudyalik lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlaganidan keyin boʻsh sudyalik lavozimlarini toʻldirish uchun tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli oʻrganish usullaridan — suhbat oʻtkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan oʻtkazishdan, berilgan muammolar boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, ekspress soʻrovlardan foydalanilishi mumkin.
Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli oʻziga nisbatan Kengashning zaxiraga kiritish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi chiqarilgan shaxs bir yil oʻtgach, zaxiraga kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin.
Zaxiraga kiritish boshqa sabablarga koʻra rad etilgan shaxs rad qilish sabablari bartaraf qilinganidan keyingina zaxiraga kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin”;
8) quyidagi mazmundagi 241-modda bilan toʻldirilsin:
