47-modda. Avariyaga oid ichki reja
Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida (O‘RQ-565-son) · Sana: 09.09.2019 · Amalda
Avariyaga oid ichki reja ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish yoki undan foydalanish chogʻida yuzaga kelgan avariya oqibatlarini tugatishga, cheklashga yoki kamaytirishga doir harakatlarini belgilaydi.
Avariyaga oid ichki reja ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan avariyaga oid tashqi reja hisobga olingan holda ishlab chiqiladi hamda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar bilan kelishilganidan soʻng tasdiqlanadi.
Avariyaga oid ichki reja yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining rejalashtirilgan ishga tushirilishi boshlanishidan kamida olti oy oldin tasdiqlanishi kerak.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot oʻz mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan avariyaga oid ichki reja tadbirlarini ishlab chiqadi hamda uning moddiy-texnika taʼminotining va kadrlar bilan taʼminlanishining zarur darajasini saqlab turadi.
Avariyaga oid ichki reja yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti ishga tushirilguniga qadar hamda butun foydalanish muddati mobaynida maxsus vakolatli organ va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilangan davriylikda amaliy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
