34-modda. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamgʻarmasi
Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida (O‘RQ-565-son) · Sana: 09.09.2019 · Amalda
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish, muddatidan ilgari foydalanishdan chiqarish yoxud foydalanish xususiyatlarini cheklash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish uchun ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamgʻarmasi tuziladi.
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamgʻarmasini shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi hamda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ishga tushirishdan oldin belgilangan boʻlishi kerak.
Atom elektr stansiyasi yoki uning bloki uchun Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamgʻarmasi elektr hamda issiqlik energiyasini sotishdan va boshqa xizmatlarni koʻrsatishdan olinadigan mablagʻlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamgʻarmasining mablagʻlaridan faqat yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻiga doir ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish hamda ushbu obyektlarning xavfsizligini asoslash va oshirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
