“Oʻzbek lizing interneyshnl AJ” qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida (6-son)
05.01.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada zamonaviy infrastrukturani shakllantirish hamda tovarlar va xizmatlar bozorini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki, Meybank (Malayziya) bilan birgalikda “Oʻzbek lizing Interneyshnl AJ” qoʻshmalizing kompaniyasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar tashkil etilayotgan qoʻshma lizing kompaniyasining bosh vazifalari hisoblanadi:
texnologiya asbob-uskunalarini respublikaning mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlariga lizingga berish uchun sotib olish va ulardan foydalanishni uzoq muddatlarda mablagʻ bilan taʼminlash;
eksport imkoniyatlarini koʻpaytirish va importning oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga lizing doirasida ilgʻor texnologiyalarni jalb etish;
oʻrta va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni va xizmatlar koʻrsatishni koʻpaytirish uchun keng koʻlamli lizing xizmatlari koʻrsatish;
lizing operatsiyalarini amalga oshirish uslubiyotini hamda lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish boʻyicha tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy banki 2 oy muddatda qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlari tayyorlanishini nihoyasiga yetkazsin va ularni belgilangan tartibda roʻyxatga olish uchun taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
5. Koʻshma lizing kompaniyasi operatsiyalarni amalga oshirish boshlangandan soʻng 5 yilga foydadan olinadigan, qoʻshilgan qiymat soligʻi va mol-mulkdan olinadigan soliqlardan ozod qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Oʻzbek lizing Interneyshnl AJ” kompaniyasini Turob Toʻla koʻchasi, 1-uyidagi Xalqaro bank va moliya markaziga joylashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ. T. Sultonov va B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 5-yanvar,
6-son
