Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining faoliyati masalalari toʻgʻrisida (10-son)
10.01.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika soliq organlarining tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda ularning soliqqa doir huquq buzishlarni aniqlash, ularga barham berish va oldini olishga oid faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Maxsus taftish-nazorat boshqarmasi Davlat soliq qoʻmitasining taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasiga aylantirilsin hamda uning tuzilmasi tasdiqlansin (1-ilova).
2. Davlat soliq qoʻmitasining tuzilmasi oʻzgarganligi va navbatchi qismlari tuzilganligi munosabati bilan uning xodimlari soni 210 nafarga, shu jumladan, markaziy apparati xodimlari soni 16 nafarga koʻpaytirilsin (1a-ilova).
3. Texnika vositalari sotib olish uchun Davlat soliq qoʻmitasiga Respublika valyuta fondidan 46390 AQSh dollari, 250 mln. Rossiya rubli va respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 750 ming soʻm ajratilsin (2-ilova).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasining shtatdagi xodimlari soni koʻpaytirilishi munosabati bilan uni mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining yangi tashkil etilgan boʻlinmalarini hisobga olgan holda, soliq organlarini zarur xizmat xonalari bilan taʼminlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 10-yanvar,
10-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-yanvardagi 10-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasining
tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, ayni paytda uning oʻzi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshligʻidir
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari:
Axborot-analitik boʻlim;
Ekspert-texnik boʻlim.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, ayni paytda uning oʻzi maxsus boshqarma boshligʻi:
Surishtiruv boʻlimi;
Tergovoldi tekshiruv boʻlimi;
Shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash boʻlimi;
Soliq va bojxona organlari faoliyatini nazorat qilish boʻlimi;
Navbatchilik qismi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, ayni paytda uning oʻzi taftish ishlari boshqarmasi boshligʻi:
Davlat korxonalarini, konsernlarni, aksionerlik jamiyatlarini taftish qilish boʻlimi;
Dehqonchilik sanoati majmui korxonalarini taftish qilish boʻlimi;
Tijorat tuzilmalarini, qoʻshma korxonalarni va boshqa nodavlat tuzilmalarini taftish qilish boʻlimi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, ayni paytda uning oʻzi savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi:
Savdo korxonalarini nazorat qilish boʻlimi;
Umumiy ovqatlanish korxonalarini nazorat qilish boʻlimi;
Xizmatlar koʻrsatish sohasi korxonalarini nazorat qilish boʻlimi.
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-yanvardagi 10-son qaroriga 1a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi navbatchilik qismlarining
ShTATLAR SONI
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-yanvardagi 10-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi uchun texnik vositalarga boʻlgan ehtiyojlar hisob-kitobi
