“91-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari — Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi baʼzi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-522-son)
“91-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi baʼzi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-522-son) · Sana: 18.02.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
terrorizmga qarshi kurashishda, huquq tartibotni, shuningdek jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etadi;
terrorchilik harakatlarining oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi 213-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 82-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 2-modda) 12-moddasining ikkinchi qismidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 215-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi “Milliy xavfsizlik xizmatining” degan soʻzlar “Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda) 421-moddasining sakkizinchi qismidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) 9-moddasi birinchi qismining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash”.
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi 436-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) 6-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismidagi “Moliya vazirligining maxsus hisobvaragʻiga” degan soʻzlar “Mudofaa vazirligining maxsus hisobvaragʻiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar toʻlaydigan pul badallari miqdori va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan alohida nizom bilan belgilanadi. Bu mablagʻlar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilar bilan yigʻinlarni oʻtkazishga bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplashga, qaysi tegishli vazirliklar va idoralarda muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan boʻlsa, oʻsha vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilari harbiy xizmatdan boʻshatilganida xizmatdan boʻshatish nafaqasini toʻlashga, yigʻinlar maʼmuriyatining taʼminotiga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlashga, shu jumladan binolarni taʼmirlash va qurishga, mudofaa ishlari organlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilarni hisobga oluvchi xodimlarning taʼminotiga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun qurol-yarogʻ, harbiy-texnika mol-mulki va oʻq-dorilarni xarid qilishga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi”.
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi 480-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2018-yil № 1, 41-modda) 3-moddasining uchinchi va beshinchi qismlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda) 25-moddasining nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 6-iyulda qabul qilingan OʻRQ-98-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sodiq xizmatlari uchun” medali toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 250-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-154-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 190-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 7-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-195-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 638-modda) 22-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-226-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda) 34-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
41-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-298-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 16-moddaning birinchi qismidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 17-moddaning birinchi qismidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 27-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 43-moddaning uchinchi qismidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 45-moddaning birinchi qismidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 50-moddaning ikkinchi qismidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda) 10-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 12-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustda qabul qilingan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-393-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 314-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Milliy xavfsizlik xizmatining” degan soʻzlar “Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddaning uchinchi xatboshisidagi “Milliy xavfsizlik xizmatining” degan soʻzlar “Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 299-moddasining 7-bandidagi “Milliy xavfsizlik xizmatining” degan soʻzlar “Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
47-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) 13-moddasining ikkinchi qismidagi “hamda Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
48-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
49-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-458-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 3-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 17-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 25-bandning birinchi xatboshisidagi “Milliy xavfsizlik xizmatining” degan soʻzlar “Davlat xavfsizlik xizmatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
50-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
51-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-fevral,
OʻRQ-522-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “91-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi baʼzi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-522-son). neolex.uz/uz/laws/law-4502443/91 (lex.uz/docs/-4502338)