Boʻsh turgan davlat mulki obyektlariga investitsiyalarni jalb qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (738-son)
05.09.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish, jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish va ular negizida yangi ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
belgilangan tartibda sotiladigan davlat mulki obyektlarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat mulki obyektlarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
ikki hafta muddatda mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan obyektlarni savdoga chiqarish jadvali tasdiqlanishini;
bir oy muddatda hududiy tanlov komissiyalari bilan birgalikda mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan obyektlarning oldi-sotdi shartnomalari tuzilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.Y. Haydarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-sentabr,
738-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 738-son qaroriga 1-ILOVA
Belgilangan tartibda sotiladigan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI
T/r Obyekt nomi Joylashgan yeri Maydoni (m2) (aniqlik kiritiladi) Balansda saqlovchi tashkilot Idoraviy mansubligi Asos umumiy qurilish osti Surxondaryo viloyati 1. Issiqxona binosi Termiz tumani, “Manguzar” MFY 10 000 9 944,0 Surxondaryo viloyat hokimligi Surxondaryo viloyat hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmonining 5-bandi va Vazirlar Mahkamasi 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori 4-ilovasining 3-bandi Xorazm viloyati 2. Bino va inshootlar(1) (eski poyafzal fabrikasi) Gurlan tumani, Gurlan shaharchasi, “Navbahor” MFY, Mangʻit koʻchasi 26 420,6 8 402,2 Gurlan tumani hokimligi Xorazm viloyat hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 11-oktabrdagi PF-5552-son Farmoni 1-ilovasining 27-bandi va Vazirlar Mahkamasi 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori 4-ilovasining 3-bandi Toshkent shahri 4. Omborxona hududi (0001 va 0004 lityerlar)(2) Mirobod tumani, Oltinkoʻl koʻchasi, 2-tor, 115-uy 1438 1188,7 Davlat aktivlarini boshqar�sh agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmonining 5-bandi va Vazirlar Mahkamasi 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori 4-ilovasining 3-bandi 5. Bino va inshootlar (3) Bektemir tumani, Roxat koʻchasi, 13-uy 5 200 1 323,0 Chirchiq-Oxangaron irrigatsiya boshqarmasi Suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmonining 5-bandi va Vazirlar Mahkamasi 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori 4-ilovasining 3-bandi 6. Bino va inshootlar Bektemir tumani, Oltintopgan koʻchasi, 39-uy 8 500 1 785,0 “Kapital qurilish boʻyicha yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Toshkent viloyati hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 8-avgustdagi 3703/03-20-1-son xati 7 Ishlab chiqarish — dispetcherlik korpusi va maʼmuriy binolar Mirzo Ulugʻbek tumani, Istiqlol koʻchasi, 6-uy 30 602 8 403,0 “Oʻzbekenergo” AJning “Oʻzelektrtarmoq” UK Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi 2019-yil 22-iyuldagi 95-son bayonining 7-bandi
Izoh. 1) 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda “E-IJRO AUKSION” elektron auksion savdolarda sotiladi.
2) Baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan narx boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri “Kvars” AJga sotiladi.
3) Bino va inshootlar baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan narx boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri “Delta delfin dizayn” MChJga sotiladi. Bunda, investor tomonidan ijara davrida bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirilgan mablagʻlari belgilangan tartibda baholangan narxdan chegirib tashlanadi hamda qiymatini 3 (uch) yilda boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 738-son qaroriga 2-ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat mulki obyektlarining
ROʻYXATI
T/r Obyekt nomi Joylashgan yeri Maydoni (m2) (aniqlik kiritiladi) Balansda saqlovchi tashkilot Idoraviy mansubligi Sotib oluvchi Investitsiyaviy majburiyatlar Asos umumiy qurilish osti kiritish muddati (yil) summasi (mln. dollar) Buxoro viloyati 1. 2-yigiruv tikuv fabrikasi majmua kompleksi (1, 2 va 7 qismlari) Buxoro shahri, Sanoatchilar koʻchasi, 2-uy 21 500,0 127 954,2 “Buxoro-texnopark” DUK Buxoro viloyati hokimligi “Jiu Peng International Pharmaceutical” MChJ 2 80,0 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-30-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 13-son majlis bayonining 42-bandi (2019-yil 4-apreldagi 7427-xx-son topshiriq) 2. Bino va inshootlar (sobiq “I. Fozilov” nomidagi Buxoro tikuvchilik korxonasining 1 va 2-qismlari) Buxoro shahri, Jubor koʻchasi, 162-uy 38 000,0 9 562 Buxoro shahar hokimligi obodonlash-tirish boshqarmasi Buxoro viloyati hokimligi “Shofirkon ekvatorial teks” MChJ 1,5 8,0 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-30-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 13-son majlis bayonining 42-bandi (2019-yil 4-apreldagi 7427-xx-son topshiriq) 3. Bino va inshootlar (sobiq “Poyafzal” ishlab chiqarish birlashmasining 1-sonli fabrikasi 2-qismi) Buxoro shahri, Namozgoh koʻchasi, 112-uy 26 400,0 8 652,4 Buxoro shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi Buxoro viloyati hokimligi “Birrtek” MChJ QK 1 10,0 Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-apreldagi 24/1-626-son topshirigʻi Toshkent viloyati 4. 1-son avtojamlanmaga qarashli bino va inshootlar Oʻrtachirchiq tumani, “Oʻrtaovul” MFY 50 600,0 6 172,8 Janubiy kon boshqarmasi “Navoiy KMK” DK “Glass system” MChJ 2 15,0 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 11-oktabrdagi PF-5552-son Farmonining 1-bandi Xorazm viloyati 5. “Yangiariq don qabul qilish shaxobchasi” bino va inshootlari Yangiariq tumani, “Yangiyer” MFY 20 262,5 13 719,8 Yangiariq tuman hokimligi Xorazm viloyati hokimligi “Energiya tejash texnologiyalari injiniring” MChJ QK 2 5,0 Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-martdagi 24/1-3761-son topshirigʻi 6. Markaziy qozonxona bino va inshootlari Xazorasp tumani, Pitnak shaharchasi, Muhabbat MFY 9 261,7 1571,4 “Xorazm issiqlik manbai” DUK Uy joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi “Ukor-Medics” xorijiy korxonasi 1,5 2,5 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor majlisi 2-son bayonining 38-bandi (2019-yil 13-maydagi 10363-xh-son topshiriq)
