Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (740-son)
05.09.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash qiymatini aniqlashtirish va moliyalashtirish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-sentabr,
740-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 740-son qaroriga ILOVA
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoniga muvofiq hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini (rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash) moliyalashtirish boʻyicha xulosalarni tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom har yili tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Nizom talablari qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlari boʻyicha (asosli ravishda loyiha yechimlarini yaxshilash, shuningdek, ishlab chiqilgan loyihada ilgari yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida) kiritilgan oʻzgartirishlar natijasida narxi oshib ketadigan:
tenderlar yoki tanlovlar natijalari boʻyicha aniqlangan shartnoma qiymatiga (yildan yilga oʻtuvchi obyektlarning qoldiq qiymatini qayta hisoblab chiqish holatlaridan tashqari, davlat ekspertiza organlarining tegishli xulosasi asosida obyektning fizik ish hajmlari, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirish, foydalaniladigan resurslarni oʻzgartirish hamda loyihani tuzatish bilan bogʻliq ishlar);
bosh pudratchi tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlariga koʻra belgilangan obyektlar boʻyicha ekspertiza organlarining xulosasiga muvofiq smeta qiymatiga (yildan yilga oʻtuvchi obyektning (yoʻl xoʻjaligi obyektlaridan tashqari) qoldiq qiymatini belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqish, shuningdek, davlat ekspertiza organlarining tegishli xulosasi asosida obyektning fizik ish hajmlarini, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirish hamda loyihani tuzatish, foydalaniladigan resurslarni va ularning narxlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq ishlar) tatbiq etiladi.
31. Bosh pudratchi tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlariga koʻra belgilangan yildan yilga oʻtuvchi yoʻl xoʻjaligi obyektlarining qoldiq qiymatini joriy narxlarda qayta hisoblash Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Loyihaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha materiallarni taqdim etish tartibi
4. Loyihaga obyekt qiymatining oshishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarning asoslanganligini koʻrib chiqish uchun vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda tashabbuskorlar deb ataladi) tomonidan bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat taqdim etiladi:
a) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha tashabbuskorlar rahbarlarining loyihaga oʻzgartirishlar kiritishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda tegishli bayonnomasining asl nusxasi;
b) ilgari tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan va qayta koʻrib chiqishga tavsiya qilinayotgan asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (loyiha-smeta koʻrsatkichlari);
v) ilgari tasdiqlangan loyiha boʻyicha loyihalashtirish topshirigʻi, yigʻma resurs smetasi, ekspert xulosalarining nusxalari;
g) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilgan va oʻzgartirilgan loyihaning asosiy koʻrsatkichlari;
d) aniqlashtirilgan yigʻma resurs smetasi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yigʻma maʼlumot;
e) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatining yigʻma resurs smetasi boblarining xarajatlar turlari boʻyicha taqsimlangan qiyosiy roʻyxati;
j) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) narxining oshib ketishiga sabab boʻlgan chizmalar va hisob-kitoblar, jumladan:
buyurtmachilarning, loyihalashtirish, qidiruv, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, davlat va sohaviy ekspertiza organlari hamda boshqa tashkilotlarning xato va kamchiliklari (ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunalar turini tanlash boʻyicha asoslanmagan yechim, qurilishning geologik, gidrogeologik va boshqa shart-sharoitlarini notoʻgʻri belgilash, ishlarning hajmlarini, qurilish materiallari, buyumlar, uskunalar va boshqalarning narxlarini pasaytirib (oshirib) yuborish, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni tashishning samarasiz transport sxemalarining qoʻllanishi, fors-major holatlar bundan mustasno);
bozor konyunkturasining oʻzgarishi, yangi texnologik yechimlarning qoʻllanilishi, uskunalarga qoʻshimcha ehtiyoj (agar bu ilgari tasdiqlangan loyihani ishlab chiqishda loyiha tashkiloti tomonidan hisobga olinmagan boʻlsa) bilan bogʻliq holda uskunalar qiymatining oshishi;
z) loyihani qayta koʻrib chiqish mobaynida vujudga kelgan, loyihani yoki uning alohida qismlarini qoʻshimcha kelishish toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar;
i) tashabbuskorlarning tender yoki tanlov komissiyasining kiritilayotgan oʻzgarishlar boʻyicha bayonnomasi.
Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatining oshishini tahlil qilish natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq obyektning smeta qiymati koʻpayishi sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
3-bob. Takliflarni koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq taqdim etiladigan materiallar 16 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
6. Loyiha narxini oshib ketishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish quyidagi hollarda asossiz deb hisoblanadi:
loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda;
dastlabki loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilgan qurilish materiallari oʻzgartirilib (loyihaga boshqa qoʻshimcha ish hajmlari qoʻshilmagan va konstruksiya qismiga oʻzgartirish kiritilmagan taqdirda), ushbu oʻzgartirish boʻyicha asoslovchi hujjatlar, yaʼni sifatning yuqoriligini asoslovchi va aynan ushbu sifatga talab mavjudligi keltirilgan hujjat, texnik va qurilish talablari nuqtai nazaridan almashtirilishi lozimligini asoslovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qoʻshimcha moliyalashtirish manbalari mavjud emas deb xulosa berilgan taqdirda.
Loyiha narxini oshib ketishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritishni rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma tashabbuskorga rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Bir vaqtning oʻzida xatning nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboriladi.
7. Murojaat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, tegishliligi boʻlgan taqdirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan xulosalar 10 ish kuni ichida Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligiga yuboriladi.
8. Takliflarda turli yondashuvlar boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan yagona qarorga kelish maqsadida qoʻshma yigʻilish tashkil etiladi. Yigʻilish turli yondashuvda boʻlgan vazirliklar mutaxassislari toʻliq qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi. Yigʻilish natijasi tegishli bayonnoma asosida rasmiylashtirilib, vazirliklar rahbariyati tomonidan imzolanadi. Yigʻilish bir ish kuni muddatda oʻtkaziladi. Yigʻilishda masala yechimi yuzasidan aniq qaror qabul qilinishi shart.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi ijobiy xulosalar boʻlgan taqdirda, 16 ish kuni ichida obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyiha qiymatining oshib ketishi boʻyicha asoslangan yigʻma taklifni hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
10. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga obyekt qiymatining oshib ketishiga olib kelgan oʻzgartirishlar kiritish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Iqtisodiyotda asossiz ravishda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni shakllanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kiritilayotgan qoʻshimcha oʻzgartirishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangunga va obyektni foydalanishga topshirish muddatini tegishli ravishda uzaytirilgunga qadar qurilish-montaj ishlarini bajarish mumkin emas. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Loyihaga obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatining oshib ketishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarning asoslanganligi yuzasidan xulosalarni taqdim etish, koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish sxemasi ushbu Nizomga 4 va 4a-ilovalarda keltirilgan.
4-bob. Yakunlovchi qoida
11. Vazirlar Mahkamasining obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga obyekt qiymatining oshib ketishiga olib kelgan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qaror chiqqandan soʻng pudrat shartnomasiga tegishli tartibda oʻzgartirishlar kiritilib, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi.
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlarining narxi oʻzgarishi sababli hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish va taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha xulosalar berish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari)
SXEMASI
Bosqichlar Ijrochilar Tadbirlar Bajarish muddatlari I bosqich Tashabbuskor Loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan asoslangan taklif tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklariga kiritadi Belgilangan muddatlarda II bosqich Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari Tashabbuskor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi. 10 ish kuni III bosqich Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklarining xulosalarini jamlagan holda tashabbuskorga salbiy xulosa berilgan boʻlsa, uning murojaati boʻyicha rad javobi yuboradi. Agar ijobiy xulosa berilgan boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. 6 ish kuni IV bosqich Vazirlar Mahkamasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining yigʻma xulosasini hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasini koʻrib chiqadi. Vazirlar Ma�kamasining Reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini qabul qiladi. Belgilangan muddatlarda V bosqich Tashabbuskorlar Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori chiqqandan soʻng pudrat shartnomasiga tegishli tartibda oʻzgartirishlar kiritib, belgilangan tartibda moliyalashtiradi. Belgilangan muddatlarda
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4a-ILOVA
Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlarining narxi oʻzgarishi sababli hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish va taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha xulosalar berish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha)
SXEMASI
Bosqichlar Ijrochilar Tadbirlar Bajarish muddatlari I bosqich Tashabbuskor Loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan asoslangan taklif tayyorlaydi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirib Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga kiritadi. Belgilangan muddatlarda II bosqich Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashabbuskor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi. 10 ish kuni III bosqich Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklarining xulosalarini jamlagan holda tashabbuskorga salbiy xulosa berilgan boʻlsa, uning murojaati boʻyicha rad javobini yuboradi. Agar ijobiy xulosa berilgan boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. 6 ish kuni IV bosqich Vazirlar Mahkamasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining yigʻma xulosasini hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasini koʻrib chiqadi. Vazirlar Mahkamasining Reg�amenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini qabul qiladi. Belgilangan muddatlarda V bosqich Tashabbuskorlar Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori chiqqandan soʻng pudrat shartnomasiga tegishli tartibda oʻzgartirishlar kiritib, belgilangan tartibda moliyalashtiradi. Belgilangan muddatlarda
