“9-modda. Fraksiyalar — Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-563-son)
“9-modda. Fraksiyalar
Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-563-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Fraksiya siyosiy partiyadan koʻrsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasidir.
Qonunchilik palatasining kamida toʻqqiz nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega.
Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin.
Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi va fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas.
Fraksiya tuzish uchun:
fraksiya taʼsis yigʻilishini oʻtkazish;
fraksiyani tuzish toʻgʻrisida taʼsis bayonnomasini qabul qilish;
fraksiya rahbarini saylash zarur boʻladi.
Fraksiya rahbari fraksiyani tuzish toʻgʻrisidagi taʼsis bayonnomasini Qonunchilik palatasiga taqdim etadi va fraksiya tuzilgani haqida Qonunchilik palatasiga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Fraksiyalar hisobga olish roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Fraksiyalar faoliyatining tashkiliy shakli ularning majlislaridir.
Fraksiyalar ishini muvofiqlashtirib borish, Qonunchilik palatasi majlisiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqishni tashkil etish, fraksiyalar nuqtai nazarini kelishib olish maqsadida fraksiyalar rahbarlarining qoʻshma majlislari oʻtkazilishi mumkin.
Fraksiyalar oʻzlari qabul qilgan qarorlar, shuningdek fraksiyalar rahbarlarining qoʻshma majlislarida qabul qilingan qarorlar haqida Qonunchilik palatasi Spikeriga va uning Kengashiga axborot beradilar.
Fraksiya faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:
fraksiyaning oʻz tashabbusiga binoan;
Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugaganda;
fraksiya tarkibiga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur boʻlgan meʼyordan kamayib ketganda;
tegishli siyosiy partiya faoliyati tugaganda (tugatilganda).
Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugashidan oldin fraksiyalar faoliyatining tugatilishi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi”;
7) 91-moddaning:
ikkinchi qismidagi “va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 11-moddaning birinchi qismidagi “(deputatlar guruhlarining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 13-moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi Spikeri masʼul qoʻmitani belgilaydi, qonun loyihasi hamda unga ilova qilingan materiallarni masʼul qoʻmitaga va, bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga topshiradi, shuningdek fraksiyalar tomonidan fikrlar va takliflarni hamda masʼul qoʻmita tomonidan xulosani taqdim etish muddatini belgilaydi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish uchun qonun loyihasi ustida ishlash fraksiyalar va masʼul qoʻmita tomonidan bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Bunda fraksiyalarning qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarisiz masʼul qoʻmita ushbu qonun loyihasi yuzasidan oʻz xulosasini chiqarish huquqiga ega emas.
Masʼul qoʻmita qonun loyihasi boʻyicha barcha fraksiyalardan fikrlar va takliflarni toʻplab, Qonunchilik palatasi Kengashiga qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Kengashi masʼul qoʻmitaning xulosasi asosida, fraksiyalarning fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish toʻgʻrisida yoki qonun loyihasi ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi”;
10) 14-moddaning:
ikkinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)”, “(deputatlar guruhlarining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11) 15-moddaning:
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “(deputatlar guruhlarining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
sakkizinchi qismidagi “(deputatlar guruhlariga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fraksiyalar oʻz dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqib, qonun loyihalarining joylarda fuqarolar ishtirokidagi muhokamasini hamda ular boʻyicha kelib tushgan takliflarni oʻrganishni siyosiy partiyalar tegishli tashkilotlarining xodimlarini jalb etgan holda tashkil etadi. Fraksiyalar oʻrganishlar yakunlariga koʻra kelib tushgan fikrlar va takliflarni oʻz majlislarida muhokama qiladi, oʻz dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqadi, ular masʼul qoʻmitaga yuboriladi”;
12) 16-moddaning ikkinchi qismidagi “fraksiyalar va deputatlar guruhlaridan” degan soʻzlar “fraksiyalardan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
13) 19-moddaning:
uchinchi qismidagi “(deputatlar guruhlariga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi “(deputatlar guruhlari)”, “(deputatlar guruhlarining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) 20-moddaning:
ikkinchi qismidagi “(deputatlar guruhlariga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlaridagi “(deputatlar guruhlari)”, “(deputatlar guruhlarining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
15) 22-moddaning oltinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
16) 261-moddaning ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
17) 31-moddaning ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi “(deputatlar guruhlarining)”, “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
18) 32-moddaning ikkinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
19) 321-moddaning birinchi qismidagi “yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
20) 322-moddaning ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
21) 33-moddaning uchinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
22) 331-moddaning ikkinchi qismidagi “va deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
23) 333-moddaning:
ikkinchi qismidagi “va deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “va deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
24) 334-moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi “va deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
25) 337-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi 704-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 2-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 9-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
4) 10-moddaning birinchi qismidagi “yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi 706-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 10-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddadagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “9-modda. Fraksiyalar Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-563-son). neolex.uz/uz/laws/law-4497117/9 (lex.uz/docs/-4497111)