“351-modda. Muddatidan oldin ovoz berish — Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-563-son)
“351-modda. Muddatidan oldin ovoz berish
Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-563-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Referendum kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish referendumga oʻn kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti tegishli okrug komissiyasi tomonidan belgilanadi va fuqarolarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
Ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun referendum kunida boʻla olmasligining sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida tegishli uchastka komissiyasidan referendumda ovoz berish byulletenini oladi.
Ovoz beruvchi referendumda ovoz berish byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga imzo qoʻyadi.
Referendumda ovoz berish byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi tomonidan toʻldiriladi.
Ovoz beruvchi qaror qabul qiladi va toʻldirilgan referendumda ovoz berish byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar aʼzosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri va ovoz beruvchining imzosi bilan tasdiqlanadi”;
19) 36-modda birinchi, ikkinchi va oltinchi qismlarining ruscha matnidagi “yashikov”, “Yashiki”, “yashikax” degan soʻzlar tegishincha “urn”, “Urni”, “urnax” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 37-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining bayonnomalarida aks ettirilgan ovozlarni sanab chiqish chogʻida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi oʻz majlisida uchastka komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qilishga haqli”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi “bayonda aks ettiriladi” degan soʻzlar “bayonnomaga kiritiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 39-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum oʻtkazilgandan keyin koʻpi bilan oʻn kun ichida referendumda qabul qilingan qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda eʼlon qiladi”;
22) 42-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi 616-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 328-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda) 4-moddasi birinchi qismining 11-bandi quyidagi mazmundagi 11 va 12-bandlar bilan almashtirilsin:
“11) umumdavlat namunasidagi hujjatlarda;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari yoki referendum kunlari — ovoz berish oʻtkaziladigan binolarda aks ettiriladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi 768-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 52-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) 3-moddasining 10-bandi quyidagi mazmundagi 10 va 11-bandlar bilan almashtirilsin:
“10) sport maydonlarida — Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining Oʻzbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari boʻlgan gʻoliblarini mukofotlash marosimlarini oʻtkazish vaqtida;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari yoki referendum kunlari — ovoz berish oʻtkaziladigan binolarda soat 8.00 da ijro etiladi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda) 11-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining aʼzolari nomzodlari boʻyicha tavsiyalar taqdim etadi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilish uchun uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar taqdim etadi;
referendum oʻtkazuvchi tegishli okrug komissiyalariga referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar taqdim etadi;
saylov komissiyalariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar yuboradi”;
oʻn uchinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishincha oʻn beshinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 131-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismdagi “va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismdagi “shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-502-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 678-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda) 20-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senati aʼzoligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputatligiga saylangan (tayinlangan)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega”;
uchinchi qism toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi 166-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 14-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 16-moddadagi “va deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 23-moddadagi “va deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida”gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 12/1, 344-modda; 2012-yil, № 4, 104-modda) 5-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat.
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati boʻlishi mumkin.
Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati — besh yil”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 3, 162-modda, № 5, 261-modda) 4-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senatni shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan belgilanadi”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 3, 162-modda, № 5, 261-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi (quyi palata) hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat.
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat koʻrsatishiga asoslanadi”;
2) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan belgilanadi”;
3) 12-moddaning ikkinchi qismidagi “yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 13-moddaning ikkinchi qismidagi “va deputatlar guruhi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 16-moddaning uchinchi qismidagi “va deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 18-modda birinchi qismining 5-bandidagi “va deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) IV boʻlim nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IV. Fraksiyalar”;
8) 23 va 24-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “351-modda. Muddatidan oldin ovoz berish Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-563-son). neolex.uz/uz/laws/law-4497117/351 (lex.uz/docs/-4497111)