“2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 73-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (3083-3-son)
04.09.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3083-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 467-son “Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 8-oktabrdagi 6-mb-son qarori (roʻyxat raqami 3083, 2018-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2018-y., 10/18/3083/2143-son) bilan tasdiqlangan 2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarining 73-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Raisi B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-avgust,
7-mb-son
“2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 73-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqidagi qarorga ILOVA
2019/2020 oʻquv yili boshiga oliy taʼlim muassasasining hisoboti (73-ilova)
