11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida (O‘RQ-562-son) · Sana: 02.09.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishga qaratilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi davlat dasturlari, milliy harakatlar rejalari va strategiyalarning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi hamda amalga oshirilishini va ularni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi hamkorligini taʼminlaydi;
gender siyosati amalga oshirilishini taʼminlashga doir vaqtinchalik maxsus choralarni belgilaydi.
