Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-561-son) · Sana: 02.09.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi yordam koʻrsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish toʻgʻrisida axborot olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmogʻi (ishonch telefoni) ishlab turishini taʼminlaydi.
Telefon liniyasi tarmogʻi maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat koʻrsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4494709
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 18-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ishonch telefoni Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-561-son). neolex.uz/uz/laws/law-4494712/18 (lex.uz/docs/-4494709)