Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (2625-III-son)
26.07.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 2-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2309-III/KQ-502-Sh-sonli Qoʻshma qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil № 2, 152-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-iyul,
2625-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2019-yil 26-iyul,
QQ-571-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 26-iyuldagi 2625-III/KQ-571-III-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi Narbayeva Tanzila Kamalovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Komissiya raisining oʻrinbosari Abdusattorov Toʻlqin Sayfullayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Komissiya aʼzolari: Xakimov Raxim Rasuljonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Aripov Davron Rahimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Tuxtashev Sherzod Azimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Polvanov Shuhrat Tagaymuratovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Xamrayev Alisher Shonazarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi Mamadjanov Shuxrat Muratovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Dadaxodjayev Farrux Saidaxmedovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Saidov Ruzi Tuychiyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Choʻlliyev Shuxrat Askarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Rasulov Boymatjon Erkinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Sidikova Enaxon Abduraximovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Abrarov Islomiddin Djamolovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzosi Varisova Maksuda Azizovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi.
