55-modda. Ijrochining yozuvidan foydalanganlik uchun haq toʻlash
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Foyda olish maqsadida eʼlon qilingan ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning va ijrosi yozilgan ijrochining roziligisiz, lekin haq toʻlagan holda:
yozuvni omma oldida ijro etishga;
yozuvni efir orqali koʻrsatish va eshittirishga;
yozuvni hammaning umumiy maʼlumoti uchun kabel orqali yuborishga yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haqni toʻplash, taqsimlash hamda toʻlash mualliflik va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanadigan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi (ushbu Qonunning 45-moddasi).
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq miqdori va uni toʻlash tartibi, bir tarafdan, yozuvdan foydalanuvchi yoki bunday foydalanuvchilar birlashmasi hamda, ikkinchi tarafdan, mualliflik va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar oʻrtasidagi bitimda belgilab qoʻyiladi.
Haq miqdori yozuvdan foydalanishning har bir turi uchun belgilanadi.
