50-modda. Ijrochining huquqlari
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Ijrochi quyidagi huquqlarga egadir:
ijro vaqtida, ijro yozuvining nusxalarida, ijro translatsiya qilinayotganda yoki takrorlanayotganida uning ismini koʻrsatish;
asarni buzib ijro etishdan ximoya qilish;
ijrodan foydalanishni amalga oshirish yoki foydalanishga ruxsat berish.
Ijrodan foydalanish huquqi quyidagilarga ruxsat berish huquqini qamrab oladi:
ijroni efir va kabel orqali translatsiya qilish;
ijroni texnika vositalari yordamida yozib olish;
yozib olingan ijroni translatsiya qilish va omma oldida takrorlash;
ijro yozuvini koʻpaytirish va uning nusxalarini tarqatish.
Ijrochilar oʻz huquqlarini ijro etilayotgan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda roʻyobga chiqaradilar.
Ijrodan foydalanish huquqini cheklash qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
Xizmat topshirigʻini bajarish tartibida amalga oshirilgan ijroga (xizmat ijrosiga) boʻlgan huquqqa nisbatan tegishincha ushbu Qonun 35-moddasining qoidalari tatbiq etiladi.
