36-modda. Mualliflik huquqining Oʻzbekiston Respubliqasi xududida amal qilishi
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi xududida chop etilgan yoki chop etilmagan boʻlsada, asl nusxasi biron-bir obyektiv shaklda uning hududida turgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Bunday holda mualliflik huquqi muallifga va uning merosxoʻrlariga, shuningdek fuqaroligidan qatʼi nazar, muallifning boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb eʼtirof etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining asarlari birinchi marta chet davlat hududida chop etilgan yoki biron-bir obyektiv shaklda ana shu davlat hududida turgan boʻlsa, bunday asarga boʻlgan mualliflik huquqi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, xuddi shuningdek ularning merosxoʻrlari va boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb eʼtirof etiladi.
Muallifga xalqaro shartnomalarga muvofiq huquqiy himoya berilishi vaqtida asarning chet davlat hududida chop etilganligi tegishli xalqaro shartnoma qoidalariga binoan aniqlanadi.
Asarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida himoya qilish maqsadida asarning muallifi deb eʼtirof etiladigan shaxs asar birinchi marta qaysi davlatning hududida himoya qilina boshlagan boʻlsa, shu davlatning qonunlariga binoan aniqlanadi.
