20-modda. Asarning daxlsizligiga boʻlgan huquq
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Muallif oʻz asariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda asarga oʻzining roziligisiz biron-bir shaxs tomonidan oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishidan asarini himoya qilish borasida alohida huquqqa (asarning daxlsizligiga boʻlgan huquqqa) egadir.
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish chogʻida asarning oʻziga ham, uning nomiga ham, muallifning nomi koʻrsatilishiga ham biron-bir oʻzgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.
Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar bilan, soʻzboshi, xotima, sharh yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi.
Muallifning vafotidan keyin asarning daxlsizligini himoya qilish vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxs tomonidan, bunday koʻrsatma boʻlmagan taqdirda esa muallifning merosxoʻrlari, shuningdek qonunga muvofiq zimmasiga mualliflik huquqlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
