16-modda. Mualliflik huquqining himoya belgilari
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Alohida mualliflik huquqining egasi oʻz huquqlaridan xabardor etish uchun asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin:
aylana ichiga olingan lotincha “S” harfi;
alohida mualliflik huquqlari egasining ism-sharifi (nomi);
asar birinchi marta eʼlon qilingan yil.
Mualliflik huquqining himoya belgisida koʻrsatilgan shaxs, basharti oʻzga hol isbotlanmagan boʻlsa, huquq egasi hisoblanadi.
