12-modda. Film mualliflari
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Quyidagilar kinofilm, telefilm va videofilmning toʻliq mualliflari (hammualliflari)dir:
sahnalashtiruvchi rejissor;
ssenariy muallifi;
muayyan audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoki matnsiz musiqa asarining muallifi;
sahnalashtiruvchi operator.
Bunday asarning hammualliflari jumlasiga aytib oʻtilgan mualliflar bilan kelishuvga binoan filmda foydalanilgan boshqa asarlarning mualliflari kiritilishi mumkin.
Muqaddam mavjud boʻlib, shuningdek film ustida ish olib borish jarayonida yaratilib, filmda foydalanilgan asarlar mualliflarining har biri umuman filmga boʻlgan mualliflikdan qatʼi nazar, mustaqil mazmunga ega boʻlgan oʻz asariga mualliflikni saqlab qoladi.
