10-modda. Asar muallifi. Mualliflik prezumsiyasi
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ana shu fuqaro asar muallifi deb eʼtirof etiladi.
Asar birinchi marta eʼlon qilinganda muallif sifatida koʻrsatilgan shaxs, basharti oʻzga hol isbotlanmagan boʻlsa, asar muallifi hisoblanadi.
Asar imzosiz yoki taxallus ostida eʼlon qilingan taqdirda (muallifning taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarda ismi-sharifi yoki nomi koʻrsatilgan noshir, basharti boshqa dalillar boʻlmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash huquqiga ega boʻladi. Bu qoida bunday asar muallifi oʻz shaxsini oshkor etgunicha va oʻzining muallif ekanligini maʼlum qilgunicha amalda boʻladi.
