Tijorat banklari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida (3178-son)
29.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 29-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3178]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan quyidagi moliyaviy hisobot shakllari tasdiqlansin:
“Tijorat bankining buxgalteriya balansi” shakli 1-ilovaga muvofiq;
“Tijorat bankining foyda va zararlar toʻgʻrisida hisoboti” shakli 2-ilovaga muvofiq.
2. Tijorat banklari choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida quyidagi muddatlarda taqdim etadilar:
choraklik moliyaviy hisobotlar uchun hisobot davri tugagandan keyingi oyning 25 kuniga qadar;
yillik moliyaviy hisobotlar uchun hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-avgust,
2019-52-son
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-avgust,
94-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-avgust,
352-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-avgustdagi 2019-52, 94 va 352-V-son qaroriga 1-ILOVA
Tijorat bankining buxgalteriya balansi
STIR Hujjat turi Hisobot davri chorak Soliq davri Hujjat turi: 1 — maʼlumotnoma, 2 — aniqlashtiruvchi (kasr orqali aniqlashtiruv raqami) Yuridik shaxsning toʻliq nomi Yuridik shaxsning joylashgan yeri Pochta manzili Telefon: kod raqami ga taqdim etiladi (soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi) Oʻlchov birligi ming soʻm
Satr kodiHisobvaraqkodiKoʻrsatkichlar nomiHisobot davriboshigaHisobot davri oxirigaAktivlar01010100Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari02010300Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan (OʻzRMB) olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar03010500Boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar04010700Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari05010800Sotishga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar06010900Oldi-sotdiga moʻljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar07011100Sotib olingan debitorlik qarzlari — faktoring08011300Sotib olingan veksellar09011500Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan trattalari boʻyicha majburiyatlari10011700Bankning toʻlanmagan akseptlari boʻyicha mijozlarning majburiyatlari11011800REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar12011900OʻzRMBga berilgan qisqa muddatli kreditlar13012100Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar14012300Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar15012400Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar16012500Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar17012600Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar18012700Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar19012800Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi koʻmagida berilgan qisqa muddatli kreditlar20012900Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar21013000Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar22013100Xususiy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar23013200Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar24013300Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar25014300Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar26014400Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi koʻmagida berilgan uzoq muddatli kreditlar27014500Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar28014700Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar29014800Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar30014900Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar31015000Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar32015100Davlat korxona, tashkilot va muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar33015200Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar34015300Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar35015400Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar36015500Xususiy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar37015600Lizing (Moliyaviy ijara)38015700Sud jarayonidagi kreditlar va lizing39015800Qaram xoʻjalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar40015900Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar41016100Bosh ofis/filialdan olinadigan mablagʻlar42016300Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar43016400Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizsiz daromadlar44016500Asosiy vositalar45016600Nomoddiy aktivlar46016700Bankning boshqa xususiy mulklari47016800Muddati uzaytirilgan debitor qarzdorlik48016900Hosilaviy instrumentlarning revalvatsiyasi \ natijasida oʻzlashtirilmagan foyda 49017100Valyuta savdosi va valyuta pozitsiyalari50017300Tranzit hisobvaraqlari51017400Mijozlarning plastik kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari52017500Hukumat hisobvaraqlari53019900Boshqa aktivlarJami aktivlar ((010 — 530 satrlar yigʻindisi) — 410 satr)Majburiyatlar100020200Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar101020400Jamgʻarma depozitlar102020600Muddatli depozitlar103020800OʻzRMBga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar104021000Boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar105021200Boshqaruv (menejer) cheklari106021400Bankning toʻlanmagan akseptlari107021600Toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar108022000Toʻlanishi lozim boʻlgan uzoq muddatli kreditlar109022100Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar110022200Bosh ofis/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar111022300REPO bitimlari boʻyicha sotilgan qimmatli qogʻozlar112022400Toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar113022500Hisoblangan soliqlar114022600Mijozlarning boshqa depozitlari115022800Hosilaviy instrumentlar boʻyicha revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar va boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar116023100Mijozlarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaragʻlari117023200Kliring transaksiyalari118023400Hukumat hisobvaraqlari — daromad va boshqa tushumlar119023500Mijozlarning plastik kartalaridan kelib tushgan tushum120023600Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar121023700Subordinar qarz122029800Boshqa majburiyatlar1230Jami majburiyatlar ((1000 — 1220 satrlar yigʻindisi) — 1100-satr)Xususiy kapital200030300Ustav kapitali201030600Qoʻshimcha kapital202030900Zaxira kapitali203031200Taqsimlanmagan foyda2040Jami xususiy kapital (2000 — 2030 satrlar yigʻindisi)Jami majburiyatlar va xususiy kapital (1230-satr + 2040 satr)
Ushbu balansda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tasdiqlayman: Rahbar Bosh buxgalter STIR STIR F. I. Sh. F. I. Sh. Imzo Imzo Sana (kk/oo/yy)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-avgustdagi 2019-52, 94 va 352-V-son qaroriga 2-ILOVA
Tijorat bankining foyda va zararlar toʻgʻrisida
HISOBOTI
STIR Hujjat turi / Hisobot davri chorak Soliq davri Hujjat turi: 1 — maʼlumotnoma, 2 — aniqlashtiruvchi (kasr orqali aniqlashtiruv raqami) Yuridik shaxsning toʻliq nomi Yuridik shaxsning joylashgan yeri Pochta manzili Telefon: kod raqami ga taqdim etiladi (soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi) Oʻlchov birligi ming soʻm
Satr kodi Taʼrifi Nomi Oʻtgan yilning shu davrida Hisobot davrida 010 Foizli daromadlar — jami (010 — 140 satrlar yigʻindisi) 020 40200 OʻzRMBdagi hisobvaraqlar boʻyicha foizli daromadlar 030 40400 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha foizli daromadlar 040 40600 Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli daromadlar 050 40700 Sotishga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha foizli daromadlar 060 40800 Sotib olingan veksellar boʻyicha foizli daromadlar 070 41000 Mijozlarning majburiyatlari boʻyicha hisoblangan foizlar 080 41200 Bankning toʻlanmagan akseptlari yuzasidan mijozlar majburiyatlari boʻyicha foizli daromadlar 090 41400 — 44600 Olinadigan ssudalar boʻyicha foizli daromadlar 100 44700 Sud jarayonidagi kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 110 44800 Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha foizli daromadlar 120 44900 Boshqa foizli daromadlar 130 45000 Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari boʻyicha foizli daromadlar 140 45100 Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha foizli daromadlar 150 Foizli xarajatlar — jami (160 — 230 satrlar yigʻindisi) 160 50100 -51100 Depozitlar boʻyicha foizli xarajatlar 170 51600 OʻzRMBning hisobvaraqlari boʻyicha foizli xarajatlar 180 52100 Boshqa banklarning hisobvaraqlari boʻyicha foizli xarajatlar 190 52600 Bankning toʻlanmagan akseptlari boʻyicha foizli xarajatlar 200 53100 — 54100 Toʻlanadigan kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar 210 54200 Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli xarajatlar 220 54300 Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari boʻyicha foizli xarajatlar 230 54900 Boshqa foizli xarajatlar 240 Sof foizli daromad (zarar) (010-satr — 150-satr) 250 56800 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash (56804, 56806, 56814, 56818) 251 56802 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Kreditlar 252 56803 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Investitsion kreditlar 253 56808 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Sotishga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar 254 56822 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Import bilan bogʻliq va mahalliy veksellar 255 56824 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — REPO bitimlari 256 56826 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar 257 56838 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Lizing (moliyaviy ijara) 258 56842 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Sud jarayonidagi kredit va lizing 259 56895 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Boshqa aktivlar (tegishli qismi) 260 Kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar zaxirasi chiqarib tashlanganidan soʻng qoladigan sof foizli daromad (zarar) (240 — 250 — 251 — 252 — 253 — 254 — 255 — 256 — 257 — 258 — 259 satrlar ayirmasi) 270 Foizsiz daromadlar — jami (280 — 330 satrlar yigʻindisi) 280 45200 Foizsiz daromadlar 290 45400 Xorijiy valyutalardagi foyda 300 45600 Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda 310 45700 Qaram xoʻjalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar 320 45800 Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar 330 45900 Boshqa foizsiz daromadlar 340 Kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar zaxirasi chiqarib tashlanganidan soʻng qoladigan sof foizli daromad (zarar) + foizsiz daromadlar (260-satr + 270-satr) 350 Foizsiz xarajatlar — jami (360 — 410 satrlar yigʻindisi) 360 55100 Foizsiz xarajatlar 370 55300 Xorijiy valyutalarda koʻrilgan zararlar 380 55600 Tijorat operatsiyalaridan koʻrilgan zararlar 390 55700 Qaram xoʻjalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan koʻrilgan zararlar 400 55800 Investitsiyalardan koʻrilgan zararlar 410 55900 Boshqa foizsiz xarajatlar 420 Operatsion xarajatlar qilingunga qadar daromad (zarar) (340-satr — 350-satr) 430 Operatsion xarajatlar — jami (440 — 510 satrlar yigʻindisi) 440 56100 Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar 450 56200 Ijara va taʼminot 460 56300 Xizmat safari va transport xarajatlari 470 56400 Maʼmuriy xarajatlar 480 56500 Reprezentatsiya va hayriya 490 56600 Eskirish xarajatlari 500 56700 Sugʻurta, soliq va boshqa xarajatlar 510 56800 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash (56810, 56828, 56830, 56832, 56834, 56840, 56895 (tegishli qismi) hisobvaraqlar) 520 Foyda soligʻini hisobga olmagan holda foyda (zarar) (420-satr — 430-satr) (Foyda soligʻi toʻlangunga qadar moliyaviy natija) 521 hisobda hisobot davri oʻtgandan soʻng aks ettirilgan hisobot davrining daromadlari 522 hisobda hisobot davri oʻtgandan soʻng aks ettirilgan hisobot davrining xarajatlari 523 hisobda hisobot davrida aks ettirilgan, biroq oʻtgan davrda daromadlarga olib borilgan daromadlar 524 hisobda hisobot davrida aks ettirilgan, biroq oʻtgan davrda xarajatlarga olib borilgan xarajatlar 525 Asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyektlarining chiqib ketishida ilgarigi qayta baholashlardagi ortgan summasining ilgarigi qayta baholashlardagi kamayishi summasidan ortgan qismi 530 Soliq solish maqsadida tuzatish kiritilgan foyda soligʻini toʻlangunga qadar foyda (zarar), (520 satr + 521 satr — 522 satr — 523 satr + 524 satr + 525 satr) 540 56900 Foyda soligʻini baholash 550 Hisobot davridagi sof foyda (zarar) (530-satr — 540-satr)
Izoh:
250 — 259-satrlar hamda 510-satr koʻrsatkichi Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) belgilangan miqdorlardan oshmagan summa aks ettiriladi;
521 — 525-satrlar yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarish maqsadida soliq solinadigan foydani hisoblash uchun ishlatiladi. Ushbu satrlar joriy yilning 1-fevraliga qadar qabul qilingan hisobvaraq-fakturalar va hisobvaraq-fakturalarga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar asosida toʻldiriladi.
521 — 524-satrlar soliq davri yakuni boʻyicha toʻldiriladi.
Mazkur hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tasdiqlayman: Rahbar Bosh buxgalter STIR STIR F. I. Sh. F. I. Sh. Imzo Imzo Sana (kk/oo/yy)
