“96-modda. Mahkumlarning ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-558-son)
“96-modda. Mahkumlarning ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-558-son) · Sana: 28.08.2019 · Amalda
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar amalga oshirilmaydi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga tayinlangan pensiyani toʻlash ozodlikdan mahrum qilingan vaqtda toʻxtatib turiladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan mahkumlar mustasno.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishi mumkin.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash va toʻlash manzil-koloniya joylashgan yerdagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tegishli pensiya summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻladi”;
13) 114-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻz shaxsiy mablagʻlari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yoʻqlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi”;
14) 117-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;
oʻn ikki marta telefon orqali soʻzlashuv;
oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov;
oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega”;
15) 119-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv;
sakkiz marta telefon orqali soʻzlashuv;
sakkizta posilka yoki yoʻqlov;
sakkizta banderol olish huquqiga ega”;
16) 121-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
toʻrt marta qisqa muddatli va toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv;
olti marta telefon orqali soʻzlashuv;
oltita posilka yoki yoʻqlov;
oltita banderol olish huquqiga ega”;
17) 123-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish hamda yil mobaynida:
toʻrt marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;
toʻrt marta telefon orqali soʻzlashuv;
toʻrtta posilka yoki yoʻqlov;
toʻrtta banderol olish huquqiga ega”;
18) 125-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:
yigirma toʻrt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv;
yigirma toʻrt marta telefon orqali soʻzlashuv;
oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov;
oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega”;
19) 164-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahkumni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etish masalasini maʼmuriyat tomonidan qayta koʻrib chiqish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining yoki jazoni ijro etuvchi organning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etish haqidagi qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach, basharti mahkum belgilangan rejimga va mehnatga vijdonan munosabatda boʻlsa, amalga oshiriladi”;
toʻrtinchi-beshinchi qismlari tegishincha beshinchi-oltinchi qismlar deb hisoblansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 48-moddaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yerlarni muhofaza qilish yuzasidan, shu jumladan sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishlari shart”;
2) 90-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaganlikda”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) 15-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun oʻn sakkiz yosh etib belgilanadi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda) 67-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqxonalarda jazoni oʻtayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-298-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) 44-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushlab turilganlar yoki qamoqqa olinganlar ovqat yeyishni rad etganda qoʻllaniladigan majburiy tusdagi choralarni qoʻllash tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 6-moddasi 2019-yil 1-sentabrdan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-avgust,
OʻRQ-558-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “96-modda. Mahkumlarning ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-558-son). neolex.uz/uz/laws/law-4491958/96 (lex.uz/docs/-4492008)