“521-modda. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-558-son) · Sana: 28.08.2019 · Amalda
Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangandir”;
3) 54-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ushbu muddat davomida mahkum:
qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish;
oʻz shaxsiy mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan, oʻn besh daqiqa davom etadigan bir marta telefon orqali soʻzlashish huquqiga ega.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga joʻnatiladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni joʻnatish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi”;
ikkinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
4) 59-moddaning birinchi qismidagi “Ixtisoslashgan davolash muassasalarida” degan soʻzlar “Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 60-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jazoni oʻtash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga koʻchirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-joʻnatish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mahkumlar tranzit-joʻnatish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etish muassasasida oʻzining jazoni oʻtashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-joʻnatish uchastkalarida saqlashning eng koʻp muddati koʻpi bilan 20 sutkani tashkil etadi”;
6) 69-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir holat toʻgʻrisida prokurorga darhol xabar beriladi”;
7) quyidagi mazmundagi 691-modda bilan toʻldirilsin:
