“34-modda. Senatning xarajatlari smetasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-557-son) · Sana: 27.08.2019 · Amalda
Senatning xarajatlari, shu jumladan parlamentlararo va xalqaro hamkorlikka doir xarajatlari smetasi Senat devoni tomonidan Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda tuziladi.
Senatning kelgusi yil uchun xarajatlari smetasi har yilgi indeksatsiya hisobga olingan, joriy yildagi haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Senatning xarajatlari smetasi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Senat xarajatlarining tasdiqlangan smetasi uni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantiriladigan loyihasiga kiritish uchun joriy yilning 1-iyulidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
OʻRQ-557-son
