Andijon viloyatida yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga keng jalb etish orqali ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida (718-son)
26.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Andijon viloyatida yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand qilish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Andijon viloyatidagi yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga hamda umumtaʼlim maktablarida tashkil etiladigan toʻgaraklar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda “yoʻl xaritasi” deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Andijon viloyatidagi yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga hamda umumtaʼlim maktablarida tashkil etiladigan toʻgaraklar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va monitoring olib borish boʻyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq;
Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklar tashkil etiladigan madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va sanʼat maktablari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklar tashkil etiladigan umumtaʼlim maktablari joylashgan Andijon viloyatining tuman va shaharlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Madaniyat va sanʼat muassasalari hamda umumtaʼlim maktablarida toʻgaraklarni mazmunli tashkil etish maqsadida musiqa cholgʻu asboblari va boshqa jihozlar bilan taʼminlanadigan muassasalar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat hamda sanʼat masalalari boʻyicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilarning asosiy vazifasi oʻzlari biriktirilgan hududlardagi yoshlarni madaniyat va sanʼatga keng jalb etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini tashkil etish yuzasidan tegishli tuman va shahar hokimliklariga metodik, ijodiy va tashkiliy jihatdan yordam berishdan iboratligi belgilansin.
3. Belgilansinki, “yoʻl xaritasi”ga muvofiq yoshlarni madaniyat va sanʼatga keng jalb etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ishlarini amalga oshirishda birinchi navbatda umumtaʼlim maktablari imkoniyatlaridan foydalaniladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda umumtaʼlim maktablarida barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan hamda yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda viloyatdagi yoshlarni madaniyat va sanʼatga keng jalb etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Bunda:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:
toʻgaraklar faoliyatini belgilangan tartibda tashkil etish, toʻgaraklarni tegishli kadrlar bilan taʼminlash, umumtaʼlim maktablarida turli tadbirlar, koʻrik-tanlovlarni muntazam oʻtkazish, ularning mazmundorligini taʼminlash;
toʻgaraklar faoliyat yuritishi, tadbirlar oʻtkazilishi uchun zarur xonalar ajratish va tegishli shart-sharoitlar yaratish, ularga oʻquvchi-yoshlar qatnovini yoʻlga qoʻyish;
b) Andijon viloyati hokimligi madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida zarur musiqa cholgʻu asboblari va boshqa jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha masʼul etib belgilansin.
5. Andijon viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining takliflari asosida bir oy muddatda madaniyat markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, umumtaʼlim maktablarida tashkil etiladigan toʻgaraklar uchun zarur boʻladigan musiqa cholgʻu asboblari va boshqa jihozlarni xarid qilish masalasini hal etsin.
Belgilab qoʻyilsinki, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, umumtaʼlim maktablarini zarur musiqa cholgʻu asboblari va boshqa jihozlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash Andijon viloyati hokimligi mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, muassasalarning oʻz mablagʻlari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. Ishchi guruh “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini har chorakda kamida bir marta tahlil qilib, ularni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etib borish choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi, Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi, Oʻzbekiston xalq artistlari klubi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining:
“Oʻzbekiston xalq artisti”, “Oʻzbekiston xalq rassomi”, “Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist”, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlariga ega boʻlgan sanʼatkorlar, ijodkorlar va madaniyat xodimlari, “Nihol” mukofoti sovrindorlarini Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat va sanʼat masalalari boʻyicha ijodiy maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirish;
ijodiy maslahatchilarni har oyda bir marotaba joylarga xizmat safariga borib-kelish uchun belgilangan tartibda imtiyozli temir yoʻl chiptalari bilan taʼminlash;
ijodiy maslahatchilarni kutib olish va kuzatish, ichki transport bilan taʼminlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimlari tomonidan amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat hamda sanʼat masalalari boʻyicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilar roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimliklari maslahatchi sifatida biriktirilgan sanʼatkorlar, ijodkorlar va malakali mutaxassislar bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻysin hamda ularning joylarda samarali faoliyat yuritishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga:
zaruratga koʻra Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimliklari madaniyat va sanʼat masalalari boʻyicha ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilgan ijodkorlar roʻyxatiga tegishli oʻzgartirish kiritish;
oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlmagan tajribali mutaxassislarni madaniyat markazlarida xalq ijodiyoti va hunarmandchiligi boʻyicha toʻgarak va mashgʻulotlar oʻtashga jalb etish huquqi berilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 2019-yil yakuniga qadar har bir tuman va shahar markaziy madaniyat markazida (yoki umumtaʼlim maktabida) muassasaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga jamoatchilik shaklida bittadan havaskor teatr jamoasi, vokal cholgʻu ansambli, ashula va raqs ansambli hamda namunaviy bolalar ansamblini tashkil etish choralarini koʻrsin.
11. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddatda umumtaʼlim maktablari faollar zali va madaniyat markazlarida yoshlarni vatanparvarlik, milliy gʻoyaga sadoqat, mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan kinofilmlar namoyishlari tashkil qilinishini taʼminlasin.
12. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi yoshlarni madaniyat va sanʼatga keng jalb etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda tahlil qilib, yoshlarning toʻgaraklarga qatnashishi, oʻtkazilayotgan tadbirlarning mazmundorligi yuzasidan doimiy monitoring olib borsin hamda natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga tegishli tavsiyalar kiritsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-avgust,
718-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-avgustdagi 718-son qaroriga 1-ILOVA
Andijon viloyatidagi yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga hamda umumtaʼlim maktablarida tashkil etiladigan toʻgaraklar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Amalga oshiriladigan tadbirlar Bajarish muddati Amalga oshirish mexanizmi Sarf-xarajatlar Moliyalashtirish manbalari Ijro uchun masʼullar 1. Andijon viloyatidagi 741 ta umumtaʼlim maktabida madaniyat va sanʼatning yoshlar qiziqqan turlari boʻyicha 1180 ta toʻgarak faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali kamida 27 250 nafar yoshlarni qamrab olish. 2019-2020 yillar davomida, alohida reja asosida 1. Maktablarda darsdan b�sh vaqtlarda toʻgaraklar faoliyati uchun zarur sinfxonalar ajratish. 2. Maktabni zarur musiqa cholgʻu asboblari va toʻgaraklar faoliyatini olib borish uchun kadrlar bilan taʼminlash. 3. Umumtaʼlim maktablarida reja asosida taniqli sanʼatkorlar va aktyorlar ishtirokida mahorat saboqlari, konsert dasturlari, kino va teatr tomoshalarini tashkil etish. Madaniyat vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Andijon viloyati hokimligi mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, muassasalarning oʻz mablagʻlari, homiylik xayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 2. Andijon viloyatidagi mavjud 29 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabida torli cholgʻular, anʼanaviy ijrochilik, estrada xonandaligi, akademik xonandalik, estrada cholgʻu ijrochiligi, damli va zarbli cholgʻular, teatr sanʼati, amaliy sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshimcha 109 ta sinf ochish orqali 945 nafar yoshlarni qamrab olish. 2019-yil sentyabr 1. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida yangi yoʻnalishlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash. 2. Aniqlangan ehtiyojdan kelib chiqib yangi sinflarni ochish. 3. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida yangi ochiladigan sinflarga Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalari hamda Andijon viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat va sanʼat maktablarining bitiruvchi mutaxassis kadrlarini jalb etish. Asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq bolalar musiqa va sanʼat maktablari uchun ajratilgan mablagʻlar Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 3. Andijon viloyatidagi mavjud 71 ta madaniyat markazida vokal cholgʻu ansambli, estrada xonandaligi, xoreografiya, xalq cholgʻulari, tasviriy sanʼat, teatr sanʼati yoʻnalishlari boʻyicha 378 ta toʻgarak tashkil etish orqali qoʻshimcha 3 780 nafar yoshlarni qamrab olish. 2019-yil sentyabr 1. Markazlarda yangi yoʻnalishlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash. 2. Aniqlangan ehtiyojdan kelib chiqib yangi toʻgaraklarni ochish. 3. Markazlardagi yangi ochiladigan toʻgaraklarga Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi mutaxassis kadrlarini jalb etish. - Madaniyat markazlari uchun ajratilgan mablagʻlar Madaniyat vazirligi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Andijon viloyati va tuman (shahar) hokimliklari 4. Umumtaʼlim maktablari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat markazlarida tashkil etiladigan toʻgaraklarga Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining 223 nafar hamda oliy taʼlim muassasalarining 180 nafar, jumladan, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 9 nafar, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining 4 nafar, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining 4 nafar, Andijon davlat universiteti va boshqa oliy taʼlim muassasalarining 163 nafar andijonlik bitiruvchilarini toʻgarak rahbari sifatida ishga qabul qilish choralarini koʻrish va ularni faoliyat turidan kelib chiqib sohada boshqa ish bilan taʼminlash orqali jami 403 nafar yoshlarni qamrab olish. 2019-yil sentyabr 1. Bitiruvchilarni oʻzi tugʻilib oʻsgan tuman va shaharlar boʻyicha taqsimlash. 2. Ularning yoʻnalishiga mos ravishda toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 3. Ular bilan tegishli shartnomalar imzolash va ishga qabul qilish. - - Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Andijon viloyati va tuman (shahar) hokimliklari 5. Har bir tuman (shahar) madaniyat boʻlimida “Yoshlar klubi”ni tashkil etish orqali 400 nafar yoshlarni qamrab olish. 2019-yil sentyabr 1. Klub faoliyatini tashkil etish boʻyicha vazirlik tomonidan alohida nizomni ishlab chiqish va 18 yoshdan 31 yoshgacha boʻlgan yoshlarni shahar va tumanlardagi madaniyat boʻlimlariga klub aʼzoligiga qabul qilish. 2. Klub aʼzolari ishtirokida turli seminarlar, davra suhbatlari va boshqa ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish. 3. Tuman va shaharlarda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida taniqli yozuvchi va shoirlar, teatr va kino aktyorlari, estrada xonandalari ishtirokida madaniy-maʼrifiy va ommaviy tadbirlarni tashkil etish. - - Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Andijon viloyati hokimligi 6. “Xonobod tarovati” yoshlar festivalini oʻtkazish orqali isteʼdodli yoshlarni tanlab olish va ragʻbatlantirish. Har yili oktyabr oyida 1. Festival oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Festival doirasida koʻrik-tanlovlar oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. 3. Ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. Reja asosida Homiylik xayriyalari Andijon viloyati hokimligi 7. Har bir tuman (shahar) markaziy madaniyat markazlarida iqtidorli yoshlardan iborat “Boychechak” bolalar, “Parvoz” oʻsmirlar, “Iftixor” yoshlar ijodiy jamoalarini tashkil etish va 960 nafar yoshlarni qamrab olish. 2019-yil oktyabr-noyabr 1. Madaniyat markazlarida ijodiy jamoalarga nomzodlarni saralab olish ishlarini tashkil etish. 2. Ijodiy jamoalarning konsertlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha alohida reja-jadval ishlab chiqib, hududdagi madaniyat markazlari, istirohat bogʻlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida reja-jadvalga muvofiq belgilangan muddatlarda ijodiy jamoalarning konsert dasturlarini tashkil etish. - Muassasaning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Andijon viloyati hokimligi 8. 16 ta shahar va tumanda havaskorlik teatr studiyalarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2019-yil davomida 1. Teatr-studiyalarni tashkil etish. 2. Isteʼdodli yoshlarni jalb etish. 3. Spektakllarni sahnalashtirish va namoyishlarini tashkil etish. - - Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 9. Haftaning har shanba va yakshanba kunlari Andijon viloyatida joylashgan 3 ta teatrda yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan bepul spektakllar namoyishini tashkil etish orqali 25 000 nafar yoshlarni jalb etish. Doimo 1. Spektakllarga yoshlarni jalb etish boʻyicha shahar va tumanlar boʻyicha alohida reja-jadval ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Spektakllar namoyishiga oʻquvchi-yoshlar, bandligi taʼminlanmagan va korxona-tashkilotlar hamda harbiy qismlardagi yoshlarni keng jalb etish. 3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish. - - Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, MTRK, Andijon viloyat hokimligi 10. Haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarning viloyatdagi 1 ta muzey va uning 4 ta boʻlimi hamda 1 ta filialiga tashrif buyurishini tashkil etish or?ali kamida 40 000 nafar yoshlarni jalb etish. Reja-jadval ishlab chiqish — sentyabr, amalga oshirish — reja-jadval asosida 1. Taʼlim muassasasi yoki ularni guruhlarga jamlagan tashkilot rahbariyati hamda davlat muzeyi hamkorligida reja-jadval ishlab chiqish. 2. Reja-jadval asosida 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning muzeylarga tashrifini uyushtirish. 3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish. - - Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi 11. Andijon viloyatining har bir shahar va tumanlariga Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlari, sohaning malakali mutaxassislari, taniqli sanʼatkorlar, xonanda va sozandalar, raqs sanʼati namoyandalarini biriktirish va ular ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, muloqot va “mahorat darslari”ni tashkil etib borish. Reja ishlab chiqish — sentyabr, amalga oshirish — reja asosida 1. Viloyatning har bir shahar va tumaniga madaniyat va sanʼat namoyandalarini biriktirish rejasini ishlab chiqish. 2. Maxsus reja asosida madaniyat muassasalarida ijodiy uchrashuvlar, jonli muloqot va “mahorat darslari”ni tashkil etish. 3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish. - Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, MTRK, Andijon viloyati hokimligi 12. Umumtaʼlim maktablari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Men Andijonni kelajakda qanday tasavvur qilaman” mavzusida rasmlar chizish viloyat koʻrik-tanlovini tashkil qilish. 2019-yil sentyabr 1. Koʻrik-tanlov oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Shahar va tuman bosqichlarini oʻtkazish va viloyat final bosqichiga tayyorgarlik koʻrish. 3. Viloyat final bosqichini koʻtarinki ruhda oʻtkazish. Alohida smeta hujjatlari asosida Homiylik xayriyalari va Andijon viloyati hokimligi mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Andijon viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi 13. Andijon shahri va tumanlarida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi viloyat boʻlinmasining konsert dasturini tashkil etish va oʻtkazish orqali kamida 25 000 nafar yoshlarni vaqtincha jalb etish. 2019-yil sentyabrdan boshlab 1. Konsertni yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan zarur tashkiliy choralarni koʻrish. 2. Konsert dasturiga taʼlim muassasalari, mahalla, tashkilotlar hamda harbiy qismdagi yoshlar va aholini keng jalb etish. 3. Konsert dasturini ommaviy axborot vositalarida yoritish. - Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 14. Har bir tuman (shahar)dagi madaniyat markazlarida jamoatchilik shaklida havaskorlik teatr jamoalari, ansambllar va namunali bolalar ansambli tashkil etish va ularning konsert dasturlarni oʻtkazish orqali kamida 1 500 nafar yoshlarni jalb etish. 2019-yil sentyabrdan boshlab 1. Jamoalarni shakllantirish. 2. Tashkil etilgan jamoalarga belgilangan tartibda unvon berish. 3. Jamoalarning tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 4. Tadbirlar rejasiga asosan belgilangan muddatlarda tadbirlarni tashkil etish. - Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 15. Har haftada madaniyat markazlaridagi ijodiy jamoalarning konsert dasturlarini oʻtkazish orqali 20 000 nafar yoshlarni jalb etish. 2019-yil sentyabrdan boshlab muntazam 1. Madaniyat markazlaridagi i?odiy jamoalarning tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Rejaga koʻra tadbirlarni oʻtkazish va yoshlarni keng jalb qilish. Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 16. Shahar va tumanlardagi mavjud madaniyat va istirohat bogʻlarida har haftaning shanba va yakshanba kunlari estrada vokal cholgʻu ansambllari ishtirokida yoshlar uchun madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish orqali 22 000 nafar yoshlarni qamrab olish. Reja ishlab chiqish — 1-sentabr, amalga oshirish — reja asosida 1. Madaniyat va istirohat bogʻlarida koʻngilochar tadbirlarni tashkil qilish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Rejaga koʻra tadbirlarni oʻtkazish va yoshlarni keng jalb qilish. - Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 17. Shahar va tumanlardagi mavjud kinoteatrlar va madaniyat markazlarida yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan kinofilmlar namoyish etish orqali kamida 10 000 nafar yoshlarni jalb etish. Markazlarni aniqlash — 1-sentabr, amalga oshirish — reja asosida 1. Har bir shahar va tumanda kinofilmlar namoyish etish imkoni mavjud kamida 3 ta kinoteatr yoki madaniyat markazlarini aniqlash. 2. Madaniyat markazlarini kinofilmlar namoyish etish uchun maxsus texnik vositalar bilan taʼminlash. 3. Aniqlangan kinoteatr va madaniyat markazlarini kinofilmlar bilan muntazam taʼminlab borish. 4. Mazkur kinoteatr va madaniyat markazlarida har kuni kamida 2-marta kinofilm namoyishini yoʻlga qoʻyish. - Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari va homiylik xayriyalari “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati va tuman (shahar) hokimliklari 18. Madaniyat markazlarida tegishliligi boʻyicha xalq ijodiyotining folklor sanʼati, dostonchilik, xalfa qoʻshiqlari, baxshichilik sanʼati, shuningdek, chanqovuz, sibizgʻa, qoʻshnay, boʻlamon, qoʻbiz, nogʻora singari qadim cholgʻular toʻgaraklarini tashkil etish orqali 2000 nafar yoshlarni qamrab olish. Reja ishlab chiqish — sentyabr, amalga oshirish — reja asosida 1. Madaniyat markazlarida xalq ijodiyotining folklor sanʼati boʻyicha toʻgaraklar tashkil etish boʻyicha maxsus reja ishlab chiqish. 2. Toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish boʻyicha mutaxassislarni jalb qilish. 3. Toʻgaraklar faoliyati yuzasidan omma orasida targʻibot ishlarini olib borish. - Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi, A�dijon viloyati hokimligi 19. Andijon viloyatidagi muzeylarda “Yosh tarixchi”, “Yosh arxeolog”, “Yosh sanʼatshunos”, “Yosh etnograf”, “Yosh gid” klublarini tashkil etish va natijada 200 nafar yoshlarni qamrab olish. 2019-yilning oktyabr oyidan boshlab doimo 1. Toʻgaraklar ochiladigan muzeylarni belgilash. 2. Madaniyat vazirligi tomonidan “Yosh tarixchi”, “Yosh arxeolog”, “Yosh sanʼatshunos”, “Yosh numizmatik” toʻgaraklari oʻtkazish boʻyicha namunaviy nizom loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Nizomga asosan toʻgaraklarni tashkil etish va oʻtkazish. - Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Andijon viloyati hokimligi 20. Haftaning shanba kunlari Andijon shahrining Registon maydoni hamda shahar va tumanlarning madaniyat va istirohat bogʻlarida “Andijon oqshomi” sayillarini oʻtk�zish. Ssenariy va konsert dasturini tayyorlash — 1-sentabr, amalga oshirish reja asosida 1. Ssenariy va konsert dasturini tayyorlash. 2. Sayil oʻtadigan joylarni yetarli kuchlanishga ega ovoz kuchaytirish moslamalari bilan taʼminlash. 3. Sayillarni yuqori saviyada oʻtkazish. Reja asosida Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Andijon viloyati hokimligi 21. Viloyatda milliy urf-odatlar va anʼanalarni targʻib etish orqali yoshlar qalbida faxr-iftixor tuygʻularini shakllantirish maqsadida “Doʻppi sayli” festivalini oʻtkazish. Reja ishlab chiqish — 1-sentabr, amalga oshirish — reja asosida 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Sayillarni yuqori saviyada oʻtkazish. 3. Ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. Reja asosida Andijon viloyati hokimligi mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari va homiylik xayriyalari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Andijon viloyati hokimligi 22. Viloyatdagi teatrlar huzurida “Yosh dramaturg”, “Yosh rejissor”, “Yosh rassom”, “Yosh kompozitor”, “Sahna nutqi va madaniyati”, “Yosh vokalist”, “Sahna harakati” ijodiy klublarini tashkil qilish orqali 300 nafar yoshlarni qamrab olish. 2019-yil dekabr 1. Toʻgaraklar ochiladigan teatrlarni belgilash. 2. Madaniyat vazirligi tomonidan “Yosh dramaturg”, “Yosh rejissor”, “Yosh rassom”, “Yosh kompozitor” va “Sahna nutqi va madaniyati” toʻgaraklari oʻtkazish boʻyicha namunaviy nizom loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Nizomga asosan toʻgaraklarni tashkil etish va oʻtkazish. - Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 23. Iqtidorli yoshlarni saralab olish maqsadida “Cover” tanlovini oʻtkazish. Har yili 1. Koʻrik-tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tanlovning shahar, tuman va viloyat bosqichlarini oʻtkazish hamda gʻoliblarni ragʻbatlantirish. 3. Ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. Reja asosida Andijon viloyati hokimligi mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari va homiylik xayriyalari Andijon viloyati hokimligi 24. Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilayotgan “Tarix” darslarining tegishli mavzulari boʻyicha muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjolar va teatrlarda ochiq sayyor darslar oʻtkazilishini taʼminlash. Har chorak yakunlari boʻyicha 1. Mavzuga mos joylarda ochiq sayyor darslar oʻtishni tashkil qilish. 2. Oʻquvchilarni qadimiy madaniy meros obyektlariga olib borish va dars oʻtish. 3. Ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. Reja asosida Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari va homiylik xayriyalari Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 25. Andijon namunasi sifatida viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida “Qoʻgʻirchoq” teat? jamoalarini tashkil qilish va ushbu guruhlar ishtirokida viloyat koʻrik-tanlovini oʻtkazish. Har chorak yakunlari boʻyicha 1. Barcha umumtaʼlim maktablarida kichik qoʻgʻirchoqlar oʻynatuvchi guruhlar tashkil qilish. 2. Tuman va shaharlar boʻyicha ushbu guruhlar chempionatini oʻtkazish. 3. Tuman va shaharlar oʻrtasida viloyat koʻrik-tanlovini tashkil qilish. Reja asosida Mahalliy budjet mablagʻlari va homiylik xayriyalari Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 26. Viloyatdagi barcha taʼlim muassasalarda boshqarma boshligʻi hamda rektor sovrini uchun oʻquvchi va talabalar oʻrtasida “Andijon polkasi” milliy raqslar koʻrik-tanlovini oʻtkazish. Har yili bir marta 1. Koʻrik-tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom ishlab chiqish va tasdiqlash 2. Viloyatdagi barcha taʼlim muassasalarida koʻrik-tanlovlarni tashkil qilish. 3. Koʻrik-tanlovning final qismini oʻtkazish. Reja asosida Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 27. Viloyatning barcha shaharlar va tumanlar markazlaridagi madaniyat va istirohat bogʻlarida viloyatda ijod qilayotgan rassomlar ishtirokida “Biyennale” tashkil qilish. Har yili ikki marta, reja asosida 1. Alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. 2. Tadbirga mos ravishda maydon tayyorlanadi. 3. Viloyatdagi barcha rassomlar ishtirokida koʻrgazmalar tashkil qilinadi. Reja asosida Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Andijon viloyati hokimligi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-avgustdagi 718-son qaroriga 2-ILOVA
Andijon viloyatidagi yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga hamda umumtaʼlim maktablarida tashkil etiladigan toʻgaraklar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va monitoring olib borish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
1. B. Sayfullayev Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, Ishchi guruh rahbari 2. Sh. Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari 3. Sh. Shermatov Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri 4. I. Madjidov Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri 5. A. Nuriddinov Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi 6. F. Zokirov “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori 7. R. Abdullayev Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi 8. B. Ashrafxanov Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari 9. A. Saʼdullayev Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari 10. Oʻ. Shukurov Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-avgustdagi 718-son qaroriga 3-ILOVA
Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklar tashkil etiladigan madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va sanʼat maktablari
ROʻYXATI
T/r Muassasalar nomi Toʻgaraklar soni Toʻgaraklar nomi Fortepiano Torli cholgʻular Estrada cholgʻu ijrochiligi: fortepiano, torli cholgʻular; damli va zarbli cholgʻular Xalq cholgʻulari Damli va zarbli cholgʻular Anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi Anʼanaviy xonandalik Akademik xonandalik Estrada xonandaligi Xoreo-grafiya Tasviriy sanʼat Amaliy sanʼat Teatr sanʼati Baxshichilik sanʼati Folklor Askiya-chilik Andijon shahri 1. Andijon shahar markaziy madaniyat markazi 8 + + + + + + + + 2. “Istiqlol” madaniyat markazi 8 + + + + + + + + 3. Andijon shahar maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 4 + + + + 4. 1-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 5 + + + + + 5. 2-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 2 + + 6. 3-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 4 + + + + 7. 28-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 5 + + + + + Andijon tumani 8. Andijon tumani markaziy madaniyat markazi 6 + + + + + + 9. “Orol” madaniyat markazi 2 + + 10. “Guliston” madaniyat markazi 1 + 11. “Gulshan” madaniyat markazi 1 + 12. 12-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 4 + + + + 13 16-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 1 + Asaka tumani 14. Asaka tumani markaziy madaniyat markazi 6 + + + + + + 15. “Ilgʻor” madaniyat markazi 5 + + + + + 16. “Kujgan” madaniyat markazi 5 + + + + + 17. “Zarbdor” madaniyat markazi 5 + + + + + 18. “Mustahkam” madaniyat markazi 5 + + + + + 19. Asaka tumani maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 5 + + + + + 20. 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 4 + + + + 21. 22-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 5 + + + + + 22. 29-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 6 + + + + + + Baliqchi tumani 23. Baliqchi tumani markaziy madaniyat markazi 8 + + + + + + + + 24. “Olimbek” madaniyat markazi 7 + + + + + + + 25. “Oʻrmonbek” madaniyat markazi 5 + + + + + 26. “Chinobod” madaniyat markazi 5 + + + + + 27. “Jasorat” madaniyat markazi 5 + + + + + 28. “Mallachek” madaniyat markazi 5 + + + + + 29. 19-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 5 + + + + + Buloqboshi tumani 30. Buloqboshi tumani markaziy madaniyat markazi 5 + + + + 31. “Shirmonbuloq” madaniyat markazi 5 + + + + + 32. “Sharq yulduzi” madaniyat markazi 5 + + + + + 33. “Kulla” madaniyat markazi 5 + + + + + 34. “Mayariq” madaniyat markazi 5 + + + + + 35. 14-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 4 + + + + Boʻz tumani 36. Boʻz tumani markaziy madaniyat markazi 8 + + + + + + + + 37. “Xoldevonbek” madaniyat markazi 6 + + + + + + 38. “Xovos” madaniyat markazi 6 + + + + + + 39. 15-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 4 + + + + Jalaquduq tumani 40. Jalaquduq tumani markaziy madaniyat markazi 7 + + + + + + + 41. “Beshtol” madaniyat markazi 5 + + + + + 42. “Qatortol” madaniyat markazi 5 + + + + + 43. “Janubiy olamushuk” madaniyat markazi 5 + + + + + 44. “Oyim” madaniyat markazi 5 + + + + + 45. “Jalaquduq” madaniyat markazi 5 + + + + + 46. Jalaquduq tumani maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 3 + + + 47. 13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 3 + + + 48. 18-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 3 + + + 49. 20-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 3 + + + Izboskan tumani 50. Izboskan tumani markaziy madaniyat markazi 8 + + + + + + + + 51. “Namuna” madaniyat markazi 7 + + + + + + + 52. “Shermatobod” madaniyat markazi 5 + + + + + 53. “Izboskan” madaniyat markazi 5 + + + + + 54. 6-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 2 + + Marhamat tumani 55. Marhamat tumani markaziy madaniyat markazi 5 + + + + + 56. “Boboxuroson” madaniyat markazi 6 + + + + + + 57. “Vosiliy” madaniyat markazi 6 + + + + + + 58. “Qoraqoʻrgʻon” madaniyat markazi 5 + + + + + 59. “Shukurmergan” madaniyat markazi 5 + + + + + 60. Marhamat tumani maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 3 + + + 61. 5-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 3 + + + 62. 26-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 2 + + Oltinkoʻl tumani 63. Oltinkoʻl tumani markaziy madaniyat markazi 8 + + + + + + + + 64. “Qoʻshtepa” madaniyat markazi 7 + + + + + + + 65. “Maslahat” madaniyat markazi 5 + + + + + 66. 17-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 4 + + + + Paxtaobod tumani 67. Paxtaobod tumani markaziy madaniyat markazi 8 + + + + + + + + 68. “Uygʻur” madaniyat markazi 6 + + + + + + 69. “Paxtakor” madaniyat markazi 6 + + + + + + 70. “Boʻston” madaniyat markazi 5 + + + + + 71. “Andijon” madaniyat markazi 5 + + + + + 72. “Navoiy” madaniyat markazi 5 + + + + + 73. 7-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 2 + + 74. 25-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 4 + + + + Ulugʻnor tumani 75. Ulugʻnor tumani markaziy madaniyat markazi 6 + + + + + + 76. “Guliston” madaniyat markazi 3 + + + 77. “Terakzor” madaniyat markazi 3 + + + 78. “Shalola” madaniyat markazi 3 + + + 79. 21-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 4 + + + + Xoʻjaobod tumani 80. Xoʻjaobod tumani markaziy madaniyat markazi 7 + + + + + + + 81. “Oltin vodiy” madaniyat markazi 6 + + + + + + 82. “Dilkushod” madaniyat markazi 2 + + 83. 9-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 3 + + Shahrixon tumani 84. Shahrixon tumani markaziy madaniyat markazi 8 + + + + + + + + 85. “Abdubiy” madaniyat markazi 7 + + + + + + + 86. “Naynavo” madaniyat markazi 5 + + + + + 87. Shahrixon tumani maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 5 + + + + + 88. 10-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 4 + + + + 89. 24-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 5 + + + + + Qoʻrgʻontepa tumani 90. Qoʻrgʻontepa tumani markaziy madaniyat markazi 8 + + + + + + + + 91. “Dardoq” madaniyat markazi 7 + + + + + + + 92. “Qorasuv” madaniyat markazi 7 + + + + + + + 93. “Savay” madaniyat markazi 5 + + + + + 94. “Maʼmurobod” madaniyat markazi 5 + + + + + 95. Qoʻrgʻontepa tumani maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 3 + + + 96. 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 3 + + + 97. 23-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 6 + + + + + + 98. 27-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 4 + + + + Xonobod shahri 99. Xonobod shahar markaziy madaniyat markazi 6 + + + + + + 100. 8-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 5 + + + + +
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-avgustdagi 718-son qaroriga 4-ILOVA
Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklar tashkil etiladigan umumtaʼlim maktablari joylashgan Andijon viloyatining tumanlari va shaharlari
ROʻYXATI
T/r Tuman (shahar) nomi Umumtaʼlim maktablari soni Toʻgaraklar soni Shundan: Gʻijjak Dutor Doira Rubob Pianino Xor Raqs Folklor jamoasi Tasviriy va amaliy sanʼat Drama teatri toʻgaragi Viloyat boʻyicha jami 741 2846 64 81 188 264 43 367 742 742 181 181 1. Andijon shahar 52 199 5 12 2 25 2 25 52 52 12 12 2. Xonobod shahar 7 34 1 2 2 4 2 4 7 7 2 3 3. Andijon tumani 56 211 7 7 6 20 3 28 56 56 14 14 4. Asaka tumani 66 242 10 10 6 18 1 33 66 66 16 16 5. Baliqchi tumani 56 182 3 2 5 2 2 28 56 56 14 14 6. Buloqboshi tumani 34 128 2 5 4 14 2 17 34 34 8 8 7. Boʻz tumani 29 136 5 4 22 17 2 14 29 29 7 7 8. Jalaquduq tumani 53 233 5 8 30 30 2 26 53 53 13 13 9. Izboskan tumani 52 233 5 8 30 30 2 26 53 53 13 13 10. Marhamat tumani 44 145 2 2 5 2 2 22 44 44 11 11 11. Ulugʻnor tumani 25 90 1 2 5 2 2 13 26 26 6 7 12. Oltinkoʻl tumani 54 201 2 2 12 21 2 27 54 54 14 13 13. Paxtaobod tumani 49 190 5 6 7 22 6 24 49 49 12 10 14. Xoʻjaobod tumani 37 124 2 2 5 2 2 18 37 37 9 10 15. Shahrixon tumani 68 275 7 8 30 30 2 33 67 67 16 15 16. Qoʻrgʻontepa tumani 59 223 2 1 17 25 2 29 59 59 14 15
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-avgustdagi 718-son qaroriga 5-ILOVA
Madaniyat va sanʼat muassasalari hamda umumtaʼlim maktablarida toʻgaraklarni mazmunli tashkil etish maqsadida musiqa cholgʻu asboblari va boshqa jihozlar bilan taʼminlanadigan muassasalar
ROʻYXATI
T/r Muassasalar nomi Musiqa asboblari (dona) Amaliy sanʼat yoʻnalishi dastgohlari (komplekt) Doira Pianino Gʻijjak Dutor Rubob Tasviriy sanʼat Haykaltaroshlik Kulolchilik Zardoʻzlik Kashtachilik Andijon shahar 1. Andijon shahar markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 2. Andijon shahar “Istiqlol” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 3. Andijon shahar maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 1 1 1 1 4. 52 ta umumtaʼlim maktabi 52 3 45 52 30 5 Andijon tumani 5. Andijon tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 6. Andijon tumani “Orol” madaniyat markazi 1 1 1 1 7. Andijon tumani “Guliston” madaniyat markazi 1 1 1 8. Andijon tumani “Gulshan” madaniyat markazi 1 9. 56 ta umumtaʼlim maktabi 56 2 56 56 5 56 1 Asaka tumani 10. Asaka tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 1 11. Asaka tumani “Ilgʻor” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 12. Asaka tumani “Kujgan” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 13. Asaka tumani “Zarbdor” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 14. Asaka tumani “Mustahkam” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 15. Asaka tumani maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 1 1 1 1 1 16. 66 ta umumtaʼlim maktabi 66 5 46 66 6 1 15 Baliqchi tumani 17. Baliqchi tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 18. Baliqchi tumani “Olimbek” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 19. Baliqchi tumani “Oʻrmonbek” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 20. Baliqchi tumani “Chinobod” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 21. Baliqchi tumani “Jasorat” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 22. Baliqchi tumani “Mallachek” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 23. 56 ta umumtaʼlim maktabi 56 2 56 56 15 Buloqboshi tumani 24. Buloqboshi tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 25. Buloqboshi tumani “Shirmonbuloq” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 26. Buloqboshi tumani “Sharq yulduzi” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 27. Buloqboshi tumani “Kulla” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 28. Buloqboshi tumani “Mayariq” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 29. 34 ta umumtaʼlim maktabi 34 1 15 34 34 10 12 Boʻz tumani 30. Boʻz tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 31. Boʻz tumani “Xoldevonbek” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 32. Boʻz tumani “Xovos” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 33. 29 ta umumtaʼlim maktabi 5 1 29 2 5 2 14 Jalaquduq tumani 34. Jalaquduq tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 35. Jalaquduq tumani “Beshtol” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 36. Jalaquduq tumani “Qatortol” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 37. Jalaquduq tumani “Janubiy olamushuk” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 38. Jalaquduq tumani “Oyim”madaniyat markazi 1 1 1 1 1 39. Jalaquduq tumani “Jalaquduq” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 40. Jalaquduq tumani maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 1 1 1 1 41. 53 ta umumtaʼlim maktabi 53 2 5 53 10 1 25 Izboskan tumani 42. Izboskan tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 1 43. Izboskan tumani “Namuna” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 44. Izboskan tumani “Shermatobod” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 45. Izboskan tumani “Izboskan” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 1 46. 51 ta umumtaʼlim maktabi 29 1 30 25 3 2 10 Marhamat tumani 47. Marhamat tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 48. Marhamat tumani “Boboxuroson” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 49. Marhamat tumani “Vosiliy” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 50. Marhamat tumani “Qoraqoʻrgʻon” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 51. Marhamat tumani “Shukurmergan” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 52. Marhamat tumani maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 1 1 1 1 1 53. 44 ta umumtaʼlim maktabi 44 5 33 44 15 44 10 Oltinkoʻl tumani 54. Oltinkoʻl tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 55. Oltinkoʻl tumani “Qoʻshtepa” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 56. Oltinkoʻl tumani “Maslahat” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 57. 54 ta umumtaʼlim maktabi 54 2 18 50 30 13 Paxtaobod tumani 58. Paxtaobod tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 59. Paxtaobod tumani “Uygʻur” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 60. Paxtaobod tumani “Paxtakor” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 1 61. Paxtaobod tumani “Boʻston” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 62. Paxtaobod tumani “Andijon” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 63. Paxtaobod tumani “Navoiy” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 64. 49 ta umumtaʼlim maktabi 49 5 35 40 10 25 Ulugʻnor tumani 65. Ulugʻnor tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 66. Ulugʻnor tumani “Guliston” madaniyat markazi 1 1 1 1 67. Ulugʻnor tumani “Terakzor” madaniyat markazi 1 1 1 1 68. Ulugʻnor tumani “Shalola” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 69. 24 ta umumtaʼlim maktabi 24 3 15 25 20 5 Xoʻjaobod tumani 70. Xoʻjaobod tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 71. Xoʻjaobod tumani “Oltin vodiy” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 72. Xoʻjaobod tumani “Dilkushod” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 73. 37 ta umumtaʼlim maktabi 10 1 10 10 5 3 Shahrixon tumani 74. Shahrixon tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 75. Shahrixon tumani “Abdu�iy” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 76. Shahrixon tumani “Naynavo” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 77. Shahrixon tumani maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 1 1 1 1 78. 68 ta umumtaʼlim maktabi 68 1 45 68 5 65 Qoʻrgʻontepa tumani 79. Qoʻrgʻontepa tumani markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 80. Qoʻrgʻontepa tumani “Dardoq” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 81. Qoʻrgʻontepa tumani “Qorasuv”madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 82. Qoʻrgʻontepa tumani “Savay” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 83. Qoʻrgʻontepa tumani “Maʼmurobod” madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 84. Qoʻrgʻontepa tumani maxsus koʻzi ojizlar madaniyat markazi 1 1 1 1 85. 59 ta umumtaʼlim maktabi 59 2 40 59 30 15 Xonobod shahri 86. Xonobod shahar markaziy madaniyat markazi 1 1 1 1 1 1 87. 7 ta umumtaʼlim maktabi 7 1 7 7 7 7 7
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-avgustdagi 718-son qaroriga 6-ILOVA
Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat va sanʼat masalalari boʻyicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilar
ROʻYXATI
T/r Tuman (shahar) nomi Ijodiy maslahatchilar F.I.O. Unvoni Ish joyi 1. Andijon shahri Sherali Joʻrayev Oʻzbekiston xalq artisti “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi (xonanda) 2. Andijon tumani Gulmira Madrahimova Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi “Navbahor” ashula va raqs ansambli (badiiy rahbar) 3. Asaka tumani Yodgor Mirzajonov “Nihol” mukofoti sovrindori “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi (xonanda) 4. Baliqchi tumani Hilola Xamidova “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi (xonanda) 5. Boʻz tumani Xakimaxon Ataxanova Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri (aktrisa) 6. Buloqboshi tumani Munojat Yoʻlchiyeva Oʻzbekiston xalq artisti Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi (kafedra mudiri) 7. Jalaquduq tumani Xosiyatxon Xusanova Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oʻzbek Milliy akademik drama teatri (aktrisa) 8. Izboskan tumani Munojatxon Teshabayeva Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oʻzbekiston davlat drama teatri (aktrisa) 9. Qoʻrgʻontepa tumani Tojibar Azizova Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist erkin ijodkor 10. Marhamat tumani Mashhurbek Raimjonov “Nihol” mukofoti sovrindori “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi (xonanda) 11. Oltinkoʻl tumani Shirin Mamatova “Zulfiya” mukofoti sovrindori A. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri (solist) 12. Paxtaobod tumani Furqat Ashiraliyev Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi (xonanda) 13. Ulugʻnor tumani Odina Narzullayeva Oʻzbekiston xalq artisti Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri (aktrisa) 14. Xonobod shahri Elmurod Axmedov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi (xonanda) 15. Xoʻjaobod tumani Erkinboy Komilov Oʻzbekiston xalq artisti Oʻzbek Milliy akademik drama teatri (aktyor) 16. Shahrixon tumani Mirmuhsin Gʻapurov Dotsent Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi (prorektor)
