2-modda. Asosiy tushunchalar
Chiqindilar toʻgʻrisida (362-II-son) · Sana: 05.04.2002 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish — chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida hisobga olish va nazorat qilish, chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, chiqindilarning hosil boʻlishi, ularni toʻplash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bogʻliq faoliyat;
chiqindilarni zararsizlantirish — chiqindilarni neytral holga keltirish, dezaktivatsiyalash, dezinfeksiyalash, demerkurizatsiyalash, chiritish, yoqib yuborish, termik jihatdan qayta ishlash va koʻmib tashlash bilan bogʻliq faoliyat;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlari — chiqindilarni toʻplash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan obyektlar;
chiqindi pasporti — chiqindi kelib chiqqan joyni hamda chiqindining individual xususiyatlarini tasdiqlovchi hujjat;
chiqindilar — ishlab chiqarish yoki isteʼmol qilish jarayonida xom ashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil boʻlgan qoldiqlari, shuningdek oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan tovarlar (mahsulotlar);
chiqindilarni joylashtirish limiti — muayyan muddatga joylashtirish ruxsat etilgan chiqindilarning eng yuqori miqdori;
chiqindilarni joylashtirish obyekti — chiqindilarni saqlash hamda zararsizlantirish uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy;
chiqindilarni koʻmib tashlash — chiqindilarni, ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhitni bulgʻatishining oldini olishga qaratilgan hamda bu chiqindilardan kelgusida foydalanish imkoniyatini istisno etadigan tarzda, ajratib qoʻyish;
chiqindilarni saqlash — chiqindilar zararsizlantirish, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida olib ketilguniga qadar ularni maxsus jihozlangan toʻplagichlarda saqlash;
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xom ashyo, yoqilgʻi, oʻgʻit sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;
chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;
